Mahalla-qadryatlar beshigi
Mahalla-qadryatlar beshigi

Mahalla-qadryatlar beshigi

945 marta ko'rildi

Mahalla-qadryatlar beshigi

Mahallam tarixiga bir nazar tashlar ekanman buvijonimning onalari qari momom aytib bergan  hayotiy  hikoyasi  esimga tushdi.                                      Rejabboy bilan o`ynab katta bo`lganmiz. Urush yillari edi. Qishlog`imizdan ham urushga keta boshladilar. Biz o`smir yigit-qizlar ertadan kechgacha dalada ishlaymiz. Hamma havotir hadikda yashay boshladi. Qora xat degan baloni ham shunda bildik. Rajabboyning ota-onasi qari bo`lib, yolg`iz o`g`il edi. U meni doimo qayg`urardi. Men esa uni, keyin bilsam biz bir-birimizga ko`ngil qo`yibmiz.Urushning 2-3-yillari safarbarlik kuchaydi.Qariyalar bizning munosabatimizdan xabar topishdi.Rajabboy xatga tushgan.Mahalladagi kattalar  kelishib 2 kunda to`y kunini belgilashibdi.Daladan kelsam,tayyorgarchiligingni ko`r ertaga to`y deyishdi.Hech kimning ko`ngliga to`y-bazm sig`maydi.Xullas,5-6 kishi bilan to`y o`tdi,nikoh o`qildi.Yetti kunlik kelinman.Rejabboyning ismi bugun urushga ketadiganlar qatorida ekan.Buni esa qaynonamni qo`shniga yig`lab aytayotganlarida eshitdim.Ko`zlarimda shashqator ko`z yoshlari.Kuyovim esa:”Men,albatta,nasib bo`lsa qaytaman.Ota-onamga yaxshi qaragin.Seng ishonaman.O`zingni asra”-dedi-da meni bag`riga bosdi.   Ketganining dastlabki oylari xatlar kela boshladi. Onamlar xatni o`qib bir quvonsalar, farzand kutayotganimdan sevinardilar.                                                                                                                                                                                                             3-4 oydan keyin xatlar kelishi to`xtadi. Oylar ketidan oylar o`tdi.Kuz vaqti xalq tinim bilmadi,charchash bilmadi.Front ichidan front orqasi yomon edi.Qarilar va yoshlar mehnatda,bir kun bu joyda,bir kun u joyda aza.Front uchun meva-cheva va issiq kiyimlar tashkil qiladilar.Har bir uydan urushga ketganlar bor.Bechora Sora xolaning ikki o`g`li va eri  ham urushga ketgan.Katta o`g`li bedarak ketgan bolsa,eri va o`g`lidan bir haftada qora xat kelgan. Sora xolaning g`amli kunlarida unga dalda bo`lish uchun shu xonadonda yotib qolgan ayollar uni yolg`izlatib qo`ymagan. Hatto shu xonadonda doimiy yashab qolishgan.

Mehr-oqibatga tasanno!                                                                                                                                                                                       Nihoyat, farzandli bo`ldim. Qari ota-onam men va chaqaloqni yeru ko`kka ishonmas edilar.  Qish qattiq keldi,uyimizda tish kavlagudek ham o`tin yo`q. Tezak-tappilarni yoqib bo`ldik. Bir xonada men yotsam,ikkinchi xonada qaynonam va qaynotam yotardilar.Qaynotam o`tin yo`qligidan o`zlari yotadigan xona pechkasiga o`tin yoqmadilar.                                                                                                                                                                        “Bolam bizlarni suyagimiz qotgan,chidaymiz.Norasida nevaramiz sovqotmasin”-dedilar qaynonam. Men esa ularni sovuq xonada yotayotganidan vijdonim qiynalardi.Axiri,men beshikni ko`tarib ularning xonasiga kirdim. Topganimizni bir pechkaga qalab,amallab yashay boshladik.

Shunday kunlarning birida ertalab darvozani ochsam bir arava yulg`un,yaksavul tashlab ketilgan.Nima yo`q bo`lsa shu aziz.Bu xabarni onajonimga yetkazdim.Qaynonam ko`zlarida yosh bilan”Yo qudratingdan,kechasi Xizr kelib o`tinlarini tashlab ketibdimi?”-dedilar.

Keyin balsak,mahalladagi Qodir bobo 5-6 ta o`spirin yigitlarni to`plab,kechasi qumdan o`tin terib kelishni taklif qilgan.Chunki biz kabi qiynalgan oilalar mahallada ko`p edi.Hamma bir-biridan battar.                                                                                                                                      Ular qishning yorqin kechasida qumning ichkarisiga kirib borganlar.O`yin-kulgi,xazil-mutoyiba bilan arava to’lganini bilmay qolishgan.Aravalar birin-ketin qishloqqa kirib kelgan.Qodir bobo taklifi bilan eng zarur oilalarga o`tin tashlab chiqilgan.6 arava o`tinning birisi bizning eshigimizda edi.O`tinchilar hech narsa bimagandek tong saharda uylariga kirib borgan edi.Mahallaning mehr-oqibatiga tasanno.

Rajabboy urushdan qaytmadi.Uni kutgan onaizorning  ko`zlari  ochiq ketdi.Rajabboyning o`g`li o`zidan ko`paydi.Shoxasi bir bo`lsa, mevasi ming bo`ldi.Xudoga ming shukr.

Men bu maqolani oqqa ko`chirayotganimda Rajabboy bobomizning ismi qo`yilgan Rajabboy jiyanim kelib qoldi.Maqolamni o`qib,xursand bo`ldi.Ammajon buni gazetaga bering tengdoshlarim ham o`qisin.Ular bundan ilhomlanib mahallada faol bo`lishadi .Vatanimizga halol xizmat qilishadi dedi.Rajabboy jiyanim UrDUning 3-bosqich talabasi.

 

Hafiza XO’JAYEVA

Xiva tumanidagi 16- umumiy

o`rta ta`lim maktabining birinchi toifali

ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan