Kitob- insonga bebaho doʻst.Doʻst boʻlsa ham,sira xafa boʻlmaydigan,gina qilmaydigan,jahli chiqmaydigan doʻstdir.Agar oʻqimasangiz ham bir chekkada turaveradi.Mabodo oʻqib qolsangiz yana saxiy,begʻaraz darrov sizga yordam qoʻlini choʻzadi.Hadislarda”Beshikdan qabrgacha ilm izla”,-deyishgan. Kitobni hamma yosh-u qari oʻqishi kerak.Kitoblarda aytilishicha,oʻtgan zamonlarda bir kishining olti nafar qizi boʻlgan ekan.Oʻzi dindor,taqvodor odam ekan.Ayoli yana homilador boʻlibdi.Eri dargʻazab boʻlib:”Nima yana qiz tugʻmoqchimisan,Insofsiz”,-debdi.
-Hammasi xudodan otasi.Axir biz bolaning bir tirnogʻini ham yasay olmaymiz-ku,qiz ham farzand.Berganiga shukr qiling.Xudoga shak keltirmang debdi-da,xoʻrsinganicha uyiga kirib ketibdi.Er aytgan gapidan pushaymon boʻlibdi.Allmahalgacha uxlay olmabdi.Koʻzi ilinibdi-yu,tush koʻribdi.Tushida arosat maydonida yurgan ekan.Bir tomonda jannat darvozalari,ikkinchi tomonda doʻzax darvozalari.Doʻzaxning yetti darvozasi bor ekan.Shaxdam qadamlar bilan doʻzax darvozalari tomon borayotganmish.Ne koʻz bilan koʻrsinki,birinchi darvozada toʻng’ich qizi turibdi.Shartta darvozani berkitibdi.Ikkinchi darvozani ikkinchi qizi,uchinchi darvozani uchinchi qizi berkitibdi.Nihoyat yettinchi darvozaga yetibdi.Yo Alloh yettinchi darvoza oldida hech kim yoʻq. Seskanib,uygʻonib ketibdi.Hayriyat tushim ekan.Xotini erta bilan sigir sogʻishga tursa,eri Allohga iltijo qilib yigʻlayotgan edi. Ey, Xudoyim,yettinchi farzandim ham qiz boʻlsin, yettinchi farzandim ham qiz boʻlsin.Qizlarim mening suyangan togʻim.Yettinchi qizim mening xaloskorim der ekan.Homilador ayol juda xursand boʻlibdi.Qizlar bilan bir zumda hamma yoqni chinni-chiroq qilib qoʻyibdi.Er ertalabki choy uchun rahmat aytibdi.”Eson omon qutilib olgin.Yettinchisi ham qiz boʻlsin onasi”,-debdi. Homilador ayol juda xursand boʻlibdi.”Iloyo aytganingiz kelsin otasi”,-deb erini ishga kuzatibdi.
Mana Yurtboshimiz tashabbusi bilan kitobga mehr, eʼtibor kuchaytirildi.Kitobxonlar oʻrtasida tanlovlar oʻtkazilib,gʻolib kitobxonga esa davlatimiz tomonidan mashina va boshqa qimmatbaho sovgʻalar berilyapti.Kitob oʻqish inson maʼnaviyatini boyitadi.Axir,pul tilla yoki dangʻillama uy-joy mashinasi bor kishi boy hisoblanmaydi.Odob-axloqli,ilm-maʼnaviyatli kishi boydir.
…Yuqoridagi rivoyat Alisherning oʻy-xayollari dunyo qarashini oʻzgartirdi-qoʻydi.Uning toʻrtnafar qizi bor.Bir-biridan chaqqon ,qizlar, onasiga dastyor. Alisher keyingi vaqtlarda xotini Dilbarni xafa qiladigan,qizlarini jerkib siltaydigan odat chiqardi.Ichib kelsa,sen bilan ajrashaman onasi oʻpmagan,oʻgʻil tugʻadigan qizga uylanaman deb uyni qon qiladigan boʻlgan edi.Onasi oʻgʻlini koyib tanbeh berardi.Kelinini yaxshi koʻrardi.Qiz nabiralarini koʻz qorachigʻidek asrardi.Oʻgʻliga Allohdan insof tilardi.Alisher uzoq joylrada ishlab kelardi. Besh-olti oylab ketardi.Ikki-uch oy dam olib yana ishga ketardi.Topish-tutishi yomon emas,hech kimdan kam joyi yoʻq. Roʻzgʻor butligidan onani koʻngli toʻq boʻlsada keyingi qiligʻidan ezilardi.
– Oʻgʻlim yoshligidan ishlab yaxshi pul topib keladi,balki oʻqib oliy maʼlumotli boʻlsa bunday bema’ni qiliqlarni qilmasmidi deb koʻnglidan oʻtkazardi ona.
Alisher ishga otlandi.Nonlarni yopib,goʻshtlarni pishirib.kiyimlarni sumkaga joylab,Dilbar charchadi.Alisher qizlari va onasi bilan xayrlashib,xotiniga hech narsa demay chiqib ketdi. Dilbar xafa boʻldi. Alisher sheriklari bilan poyezdda ketayotib,qoʻliga bir kitob tushib qoldi.Zerikkanidan toʻgʻri kelgan varaqni oʻqiy boshladi.Xudoning inoyati bilan yuqoridagi rivoyatni oʻqib qoldi.Alisher oʻqigan rivoyatidan qattiq taʼsirlandi.Yana takror oʻqidi.Poyezddagi begona odam uyqudan uygʻongach,kitobni olib narsalarini yigʻishtirib,yoʻlda tushib qoldi.Alisher kitob egasining orqasidan qarab qoldi.Kitob egasi ancha yoshi katta odam edi.Unga havasi keldi.Oʻqigan narsasi hech xayolidan ketmadi.
Xotini Dilbarni qiynaganlari va qizlarini siltab tashaganlarini oʻylab vijdoni qiynaldi.Xatolarini anglab yetdi.Koʻp oʻyladi.Darhol Dilbarga telefon qildi.Onasi va qizlarini soʻradi.Undan kechirim soʻradi.Sizlarga kitob olib boraman.Qizlarimga yaxshi qaragin deya xayrlashdi.Dilbar juda xursand boʻldi.Kitob Alisherning dunyoqarashini oʻzgartirdi-qoʻydi.
Kitob oʻqiylik,azizlar!
Goʻzal MASHARIPOVA,
Xiva tumanidagi 37-IDUMning
ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.