Ikkinchi jahon urushida O’zbek xalqining fashizm  ustidan qozonilgan  g’alabaga qo’shgan hissasi
Ikkinchi jahon urushida O’zbek xalqining fashizm  ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi

Ikkinchi jahon urushida O’zbek xalqining fashizm  ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi

436 marta ko'rildi

Insoniyat juda ko`plab urushlarni boshidan kechirgan bo`lib, bular ichida eng daxshatlisi, 50 milliondan ortiq kishining yostig`ini quritgan, XX asr fojiasi bo`lmish ikkichi jahon urushidir. Olti yil (1939 yil sentabr  –  1945 yil sentabr) davom etgan bu urush yer sharining 80 foizi aholisi joylashgan hududni, 61ta  mamlakatni o`z ichiga qamrab oldi.
Ikkinchi jahon urushini Angliya, Fransiya va SSSR kabi yirik davlatlar o`rtasidagi ixtiloflar, xususan, paydo bo`lgan dastlabki damlaridanoq tashqi siyosat strategiyasi «jahon proletar inqilobi» mafkurasiga tayanib, butunjahon kommunistik imperiyasini tuzishga qaratilgan sovet davlati hamda Germaniya va Yaponiya kabi agressiv kuchlarning dunyoga hukmron bo`lish uchun intilishlari keltirib chiqardi.Urushning  asosiy aybdorlari jahonga hukmronlik qilish da`vosi bilan maydonga chiqqan Adolf Gitler va Iosif Stalin yurgizgan agressiv siyosat bo`ldi. Fransiya va Angliya siyosiy
yetakchilarining javobgarligi shundan iborat bo`ldiki, ular bolshevizm xavfiga qarshi turuvchi kuchni tashkil qilish g`oyasi bilan Germaniyada gitlerchilar partiyasining mustahkamlashuviga yordam beribgina qolmasdan, Avstriyaning Germaniya tarkibiga qo`shib olinishiga  (1938 y. mart) va Myunxen  bitishuviga (1938 y. sentyabr) yo`l ochib berdilar. Bu esa, Ikkinchi jahon urushining boshlanishi uchun asos bo`lib xizmat qildi.Ikkinchi jahon  urushining dastlabki davrida  vaziyatning Germaniya uchun qulayligi, fashistlar armiyasining tayyorgarlik darajasi qizil  armiyadan yuqoriligi,
Germaniya harbiy-iqtisodiy salohiyat jihatdan Yevropa mamlakatlari hisobiga SSSRdan o’zib ketganligi sababli Gitler Stalindan oldinroq bitimni bekor qilish  choralarini ko’rdi va 1941 yil 22 iyunda SSSR ga qarshi urush harakatlarini boshladi.
SSSRning Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bo’lgan chegaralariga fashistlarning 191 diviziyasi hujum qildi. Urushning dastlabki kunlaridayoq gitlerchilar Latviyani, Litvani, Belorusiyaning bir qismini bosib oldilar. Urushning yettinchi kuni Minsk ishg’ol qilindi.
Voqealarning bunday rivoji Stalinni sarosimaga solib qo’ydi. Kommunistik partiya boshlangan urushni ulug’ Vatan urushi deb e’lon qilgan bo’lsada, o’zbeklar uchun u bunday urush emas edi. Urushning birinchi kunlaridanoq, O’zbekiston aholisi moddiy resurslarini safarbar qilish, jangovar holatga keltirish tadbirlari ko’rildi. Front uchun zahira va komandirlar tayyorlandi. SSSR Germaniya ustidan qurollanish poygasida yutib chiqqanligida mamlakat mehnatkashlarining, jumladan o’zbekistonliklarning fidokorona mehnati hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston sanoati urush davomida frontga 2100 ta samolyot,17342 ta aviamotor, 2318 ming dona aviabomba, 17100 ta
minomyot, 4500 birlikdan iborat minalarni yo’q qiluvchi qurol, 60 mingga yaqin harbiy kimyoviy apparatura, 22 mln dona mina va 500 ming dona snaryad, 3 mln radiolampa,  300 mingta parashyut 5 ta bronepoyezd, 18 ta sanitar poyezdi, 2200 ta ko’chma oshxona 7518,8 mingta gimnasterka, 2636,7 mingta paxtali nimcha, 2861,5 mingta armiya etigi yetkazib berdilar.
Fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g’alabada O’zbekiston qishloq xo’jaligi mehnatkashlarining ham katta hissalari bor. Qishloq xo’jaligi oldida front va front ortini oziq-ovqat mahsulotlari bilan, sanoatni xomashyo bilan yetarli darajada ta’minlashdek g’oyat qiyin vazifa turar edi. Buning uchun agrar ishlab chiqarishni g’oyat qisqa muddat  ichida, butun xalq xo’jaligi kabi, harbiy izga o’tkazish, qishloqdagi barcha moddiy resurslarni safarbar yetish, texnika ekinlari, don, kartoshka va sabzavotlar ekishni ko’paytirish, chorvachilik mahsuldorligini, qishloq xo’jalik ishlab chiqarish samaradorligini oshirish lozim  edi. O’zbek xalqining urush frontlaridagi jasorati, mamlakat ichkarisidagi fidokorona
mehnati ikkinchi jahon urushi g’olibona tugallanishining bevosita tarkibiy qismi bo’ldi.Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 35 jildli Xotira kitobi tayyorlanib, nashr qilindi. Toshkentdagi Mustaqillik  maydoni xiyobonida maxsus majmua qurildi (2000). 9- may  –  gʻalaba kuni yurtimizda Xotira va Qadrlash kuni sifatida har yili nishonlanadigan boʻldi. Tinchlik uchun millionlab insonlar jon olib jon berganlar. Bu tarix. Biz o’zimizdan keyingi avlodlarga ham ushbu mustaqil, tinch va
barqaror hayotni sog’ va ishonchli ravishda qoldirishga majburmiz. Bu insoniyat taqdiri.
Unda urushlarga o’rin yo’q.

                                                                                                   Munira OLLABERGANOVA,                                                                          Qo‘shko‘pir tumanidagi 2- umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fanio‘qituvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan