Ikkinchi jahon urushi va uning oqibatlari
Ikkinchi jahon urushi va uning oqibatlari

Ikkinchi jahon urushi va uning oqibatlari

735 marta ko'rildi

Dunyo  xalqlari  15000  dan  ortiq  urushlarni  boshidan  kechirganligi  tarixdan   ma`lum. Shundan eng yirik urush 1939-1945-yillarda bo`lib o`tgan Ikkinchi jahon urushidir. Bu urushda asosiy rolni fashistlar Germaniyasi o`ynadi. Dunyoning 61 davlatini qamrab olgan bu urush XX asrning eng katta fojiasi sifatida tarixda qoldi. Bu urushga 110 mln aholi safarbar etildi. Harbiy harakatlar 40dan ortiq davlat hududida olib borildi, barcha xarajatlar 4 trillion dollarni tashkil etdi. Urush davomida 62 mln kishi halok bo`ldi.Shundan 27mln SSSR fuqarolaridir.

1941-yil 22-iyunda Germaniya SSSRga hujum qildi. Germaniyaning hujumi SSSR uchun kutilmaganda  yuz  berganligi  I.Stalinning  eng  yirik    xatolaridan  biri   bo`ldi.  To`satdan boshlangan urush shunga olib keldiki, sovet aviatsiyasining katta qismi havoga ko`tarilishiga ulgurmasdan  aerodromlarda   yo`q   qilindi,  qo`shinni   boshqarish  va  ta`minlash  tizimi  izdan chiqdi. SSSR tarkibida bo`lgan O`zbekiston xalqlari ham bu urush girdobiga majburan tortilgan edi.O`sha kuni mamlakatda harbiy holat e`lon qilindi. O`zbekiston urush yillarida front uchun 2100 ta samolyot, 17342 aviamotor, 2318 dona aviabomba, 17100 ta minomyot, 22mln dona  mina, 560000  snaryad, 1mln dona granata tayyorlab berdi.

Ikkinchi   jahon   urushi  yillarida   fashizmga   qarshi  qo`lga   qurol   olib   jang   qilgan o`zbekistonlik jangchilarning umumiy tarkibidan 263000 dan ziyod kishi halok bo`ldi. 132670 kishi bedarak yo`qoldi .60432 vatandoshimiz urushdan nogiron bo`lib qaytdi, shuningdek, 10 minglab o`zbekistonlik jangchilar asirlikda bo`ldi. Rossiya, Ukraina, Belorussiyaning fashistlar bosib  olgan   hududlaridan  1mlndan  ortiq  kishi,  jumladan,  200 ming  bola  O`zbekistonga evakuatsiya qilindi.1945-yil  8-maydan   9-mayga   o`tar   kechasi  Berlin   egallandi   va  Germaniya   so`zsiz taslim   bo`lganligi    to`g`risidagi   akt   imzolandi.   2 -sentyabrda   Yaponiya  taslim   bo`lish to`g`risidagi paktni imzoladi va shundan keyin Ikkinchi jahon urushi  tugadi. Asosini fashistik Germaniya, Italiya va militaristik Yaponiya tashkil qilgan tajovuzkor davlatlar bloki tor-mor qilindi. Ikkinchi jahon urushidagi qo`lga kiritilgan bu buyuk g`alaba millionlab begunoh   kishilarning  ,  jumladan,   O`zbekiston   xalqining  to`kilgan   qoni,  haddan   ziyod mashaqqatli mehnati va uning buyuk insonparvarligi tufayli qo`lga kiritildi. 1941-yilning yozigacha Germaniya va Italiya Yevropaning 12 davlatini zabt etdi. Bosib olingan davlatlarda fashistlarning  okkupatsiya  tartibi  o`rnatildi.”Yangi   tartib”ga   ko`ra  demokratik   erkinliklar tugatildi, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari faoliyati taqiqlandi, ish tashlash va mitinglar o`tkazish  man  etildi   bo`ysunmaganlar  o`lim  lagerlariga   tashlandi.  Polsha  va  Germaniyada tashkil   etilgan  konsentratsion   lagerlar   aslida  o`lim   fabrikalari   edi.  O`lim   fabrikalarida 11million kishining yostig`i quridi. Bosib olingan davlatlar iqtisodiyoti bosqinchilar manfaati uchun mahsulot ishlab chiqara boshladi. Fashistlar qancha harakat qilmasin o`zining yovuz niyatiga yeta olmadi.1945-yil 16-aprel kuni sovetlar armiyasi Berlinni qurshab oldi va Berlin   operatsiyasi   boshlandi.  30-aprel  kuni  Germaniya   rahbarlari   A.  Gitler,  Gimmler, Gebbelslar   o`z   jonlariga   qasd   qildilar.  Gitlerning  jasadi  benzin  sepib  yoqib yuborilgan.Insoniyat jallodining qismati ana shunday poyoniga yetdi. Dunyoning asosiy davlatlarini o`z domiga tortgan Ikkinchi jahon urushida 40 ta  davlatning hududida harbiy harakatlar olib borildi, urushda behisob qurbonlar berildi va juda katta vayrongarchilk yuz berdi. Urushda fashistik Germaniya, Italiya va militarist Yaponiya tor-mor etildi. Ular vaqtinchalik buyuk davlatlar qatoridan tushib qoldi.Ayni paytda fashizm halokatga uchradi, fashistlar partiyasi va tashkilotlari faoliyati taqiqlandi. Uzoq va og`ir kurashda demokratik va antifashistik kuchlar g`alaba qozondi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzildi va uning Ustavi 1945-yilning 24-oktyabridan kuchga kirdi.  Mustamlakachi   imperiyalarning  yemirilishi  boshlandi,  o`nlab  yangi  mustaqil  davlatlar vujudga keldi.Aziz hamyurtlar, tinchlik deb atalmish ulug` ne`matni borida qadrlaylik , urush insoniyat boshiga  og`ir  judoliklarni   soladi,  onani   farzandidan,  kelinchakni   yoridan,  otani  o`g`ildan,og`ani -inidan ayiradi. Yillar o`tsa ham bu ayriliqni o`rnini hech narsa bosa olmaydi. Tinchlikni asrash, avaylash har birimizning nafaqat fuqarolik, balki insoniylik burchimizdir.

Kamola DUSCHANOVA,

Qo’shko`pir tumanidagi 2-umumiy o’rta ta’lim maktabining

tarix fani o`qituvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan