Alisher Navoiy tavalludi oldidan
Alisher Navoiy tavalludi oldidan

Alisher Navoiy tavalludi oldidan

540 marta ko'rildi

Alisher Navoiy-davlat va jamoat arbobi

     Alisher Navoiy 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472-1476-yillarda vazir bo‘lib faoliyat yuritadi.1487-1488-yillarda Astrobodga hokimlik qiladi.Husayn Boyqaro uni o‘ziga g‘oyat yaqin tutar,har bir narsada u bilan maslahatlashar va buni nihoyatda qadrlar edi.

Boyqaro va Navoiy o‘rtasiga sovuqchilik tushgan paytlar ham bo‘lgan.Lekin o‘z davrining ikki atoqli arbobi hamkorligi juda ko‘p sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib,avlodlarga o‘rnak bo‘ldi.Husayn Boyqaro hukmronliginining dastlabki yillari  yurt juda notinch bo‘ldi.Xondamirning yozishicha,u taxtga chiqqan yilning o‘zida Abusaid Mirzoning o‘g‘li Yodgor Muhammad taxt da’vosi bilan qo‘zg‘aldi.Husayn Boyqaro unga qarshi qo‘shin tortadi va g‘alaba qozonadi. 1470-yilning bahorida Yodgor Mirzo Astrobodda yana bosh ko‘taradi.Husayn Boyqaro Navoiyni yoniga olib,qo‘shin bilan yana yo‘lga tushadi.Xuddi shu payt Hirotda qo‘zg‘alon bo‘lganligi xabari keladi.Husayn Boyqaro Navoiyni katta vakolatlar bilan poytaxtga qaytaradi.Navoiy shaharda adolatni tiklab,xalqni tinchlantiradi.Shunday to‘qnashuvlarning birida Yodgor Mirzoning qo‘li baland kelib,poytaxtdagi ayrim kishilar unga qo‘shiladilar.Yurt bir muddat Yodgor Mirzo qo‘liga o‘tadi.Bu vaziyatdan Husayn Boyqaro qattiq tushkunlikka tushadi.Navoiy shunday vaziyatda uning yonida turadi.Navoiyning maslahati bilan o‘sha yili Yodgor Mirzo qo‘lga olinadi.

Alisher ijod kishisi edi.U tabiatan buyruqbozlikdan va hukmfarmonlikdan yiroq,tafakkurli hamda nozik ta’b kishi edi.Mansab-lavozimlar har qanchalik yuksak bo‘lmasin uning uchun zil-zambil yuk bo‘lib,Husayn Boyqaroga ixlos va muhabbatigina uni iste’fo berishdan saqlab turardi.Donishmandligi,tadbirkorligi ko‘plab g‘alayonlar-u qon to‘kilishlarini oldini oldi.

Buyuk shoir “amiri kabir”(ulug‘ amir), “amir-ul muqarrab”(podshoga eng yaqin amir) unvonlariga sazavor bo‘lgan.Uning vazirlik yillarida Hirotda obodonlik avj olgan,madaniyat gullab-yashnagan davr bo‘lgan,Ulug‘ amir o‘zi bosh bo‘lib , suvsiz yerlarga suv chiqardi,eski ariqlarni tozalattirdi,yangi kanallar qazdirdi.Eski binolarni ta’mirlatib,yangilarini qurdirdi.Qanchadan-qancha madrasalar,xanaqohlar bunyod ettirdi.

Kamola DUSCHANOVA,

      Qo‘shko‘pir tumanidagi 2- umumiy  o‘rta ta’lim maktabining    tarix fani o‘qituvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan