Tarkibli masalalar
Tarkibli masalalar

Tarkibli masalalar

1 296 marta ko'rildi

Xorazm viloyati  Qo‘shko‘pir tumani  Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli  37-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang ‘ich sinf o‘qituvchisi Sultonova Lolaxonning 1  “A”- sinfda  “ Tarkibli masalalar “ mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi.

  Tarkibli masalalar

 Sana:    14.02 .2022-yil

Mavzu: Tarkibli masalalar

Maqsad: O‘quvchilarga  DTS talablari  asosida matematika fani bo‘yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.

Ta’limiy:  O‘quvchilarning sanoq texnikasini, to‘g‘ri va teskari sanash qobiliyatlarini boyitish.  Sonlarni o‘zaro taqqoslash ,

TK3 masala yechish orqali ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy munosabatini bildira olish;

 FK2 amaliy vaziyatlarda o‘rganilgan matematik tushunchalar va algoritmlarni qo‘llay oladi.

Tarbiyaviy: O‘quvchilarda jonivorlarga nisbatan mehr uyg‘otish. O‘quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash.

TK3 o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqish.

TK4  milliy bayramlarimizga oid sana va vaqtlarni bilish, ularni kundalik hayotda qo‘llay olish;zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘sh gan hissalarini tushuna olish.

Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarni og‘zaki va yozma hisoblash malakalarini o‘stirish. FK1 o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;

Dars turi: Yangi tushuncha berish.

Metodi:  aralash, savol-javob ,  mustaqil ish..

Jihozi: Mavzuga oid ko‘rgazma, matematika darsligi.

                      Darsning borishi.

T/R Bo’limlar Vaqti
1 Tashkiliy qism 2 daqiqa
2 Uy ishini tekshirish 4 daqiqa
3 Yangi mavzuni tashkil etishga o‘tish 2 daqiqa
4 Yangi mavzuni yoritish 14 daqiqa
5 Yangi bilimlarni tekshirish va mavzuni 10 daqiqa
6  “ Quyonchani to‘ydir “ didaktik o‘yini. 10 daqiqa
7 Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash 2 daqiqa
8 Uyga vazifa 1 daqiqa
9 Jami 45 daqiqa

 

I Tashkiliy qism.                   

-Ko‘ksimizda qo‘limiz,

Odobdir shiorimiz.

Shuning uchun aytamiz:

Assalomu alaykum.

-Navbatchi axborotin

Bugun kimdan eshitamiz.

-Men sinfda navbatchi ,

Hamma darsda tayyordir.

O‘ttiz birta o‘quvchi

Ilm olishga shaydir .

-Aziz  bolajonlarim ,

Mening gul marjonlarim ,

Vatan so’zin ma’nosin

Aytib bering bizlarga .

-Vatan –onamiz –otamiz  va biz tug ’ilib o’sgan mahallamizdir .

-Vatan – bu qorli tog`lar , serhosil bog ’lar, yer usti va yer osti  boyliklarimizdir .

-Vatan –onamiz aytgan alladan boshlanadi .

-Vatan –inson uchun eng muqqaddas maskandir .

-O`zbekiston Respublikasi qachon mustaqillikka erishgan ?

-Bizning 1-prezidentimiz kim ?

-Biz har doim boshimizni egib , qolimizni ko`ksimizga qo`yib Islom bobomizga rahmatlar aytamiz . Bizga shunday yorug` , osoyishta kunlarni yaratib berganlar .

-Bosh bo`ldingiz siz mustaqil  elimga ,

Erk berdingiz mehnatsevar  xalqimga .

Kuch berdingiz har yurakka, har dilga

Iymon qaytdi mening o`zbek elimga .

 -Hozir qaysi fasldir ?

Buni menga kim aytar.

-O`lkamizda bahor fasli ,

Fasllarning zumradi.

Kumush qish ortda qoldi,

Go’zal bahor fasli endi .

-Bahor faslida bolalar ,

Juda ko`pdir bayramlar .

Qani ayting bolalar ,

Qanday bayramlar bo`lar ?

-Hozir qaysi dars ekan ?

Buni menga kim aytar .

-Matematika darsi hozir,

Fanlarning  eng  donosi.

Hisoblashni o`rgatar,

Hamda fanlarning shohi .

O’quvchilar diqqatini darsga jalb etish uchun o’quvchilarning darsga tayyorgarliklarini ta’minlash. ”Enerjayzer mashq”lari bajariladi

O’rnimizdan turamiz

Gavdamizni tik tutamiz.

O’ngga,chapga cho’zilib,

Bir-birimizga kulamiz

O’qituvchi: Mening aziz bolajonlarim,

                     Shirintoy polvonlarim!

                     Darslikka ko ’z tashlaymiz 

                    Yangi darsni boshlaymiz.

 

Sinfni guruhlarga ajratish

Guruhlar taqdimoti

 

1-guruh: – “Faol”

Faollar deb atadik

Faol guruhimizni

Ilohim baland qilsin

Nomus g’ururimizni

2-guruh: – “Mahorat”

Bo’laylik mahoratli

Bilimdon o’g’il qizlar

Atadik mahorat deb

Guruhimizni bizlar

3-guruh:  – “Tadbirkor”

Tadbirkorlar deb atadik

Chaqqon guruhimizni

Ilohim issiq qilsin

Bizlarning yuzimizni

4-guruh: – “Iste’dod”

Bizlar sho’x va quvnoqlar

Ahil o’g’il qizlarmiz

Bilimdon zukko do’stlar

Iste’dodlar guruhimiz

 

 

 

O’qituvchi:Endi bolalar darsimizning “Oltin qoidalarini”  ishlab chiqsak. Ular quyidagilar:

  • Intizomli bo’lish
  • O’zaro hurmat
  • Faol qatnashish
  • Hamkorlikda ishlash
  • Do’stlar fikrini qadrlash
  • Vaqtdan unumli foydalanish
  • Izlanuvchanlik
  • Imkoniyat

Darsda faol uhtirok etgan o’quvchilar kitob  bilan taqdirlanadi

  1. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.

Har bir guruhga topshiriqlar beriladi to’g’ri bajargan guruhga kitoblar taqdim etiladi.

Sport musobaqasida qatnashish uchun 8  nafar  o’quvchi musobaqaga bordi. Ulardan 2 afari qiz bola.  Musobaqada nechta nafar o’quvchi qatnashdi?

8-2=6          javob 6 nafar

1.Masalani yeching.

Bor edi – 20 ta non                                                          Bor edi – 20 ta non

Olib kelindi – 10 ta non                                      Olib kelindi – ? ta non

Jami –              ? ta                                              Jami-            – 30 ta non

Yechish: 20+10=30                                                         Yechish: 30-20= 10

Javob: Jami 30 ta non                                                      Javob:   10 ta non

 

Bor  edi  –  ? ta non

Olib kelindi – 10 ta non

Jami –              30 ta non

Yechish: 30-10=20

Javob:     20 ta non

 

2-misol o‘quvchilarga og‘zaki tushuntiriladi.

O‘quvchilarga o‘zaro teskari masala tuzish og‘zaki tushuntiriladi.

  • 7+13= 20 ( ta qalam )
  • 20-13=7 ( ta chizg‘ich )
  • 20-7=13 ( ta kam )

 

O’quvchilar javoblarini nazorat qilish xatolar ustida ishlashni o’rgatish.

(O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).

 IV  Yangi mavzuni mustahkamlash

                                   Matematik maqollar.

  1. Bir yigitga qirq hunar oz.
  2. Bir yil tut ekkan kishi,

Ming yil gavhar ekasan

  1. Yetti o’lchab bir kes.
  2. Bilagi zo’r birni yiqar

Bilimi zo’r mingni

  1. Birni kessang o’nni ek
  2. Oyning o’n beshi qorong’i bo’lsa

O’n beshi yorug’

  1. Sanamay sakkiz dema

Topishmoq

To’rtta o’rtoq zo’r ishi

Odam olam tashvishi

Har biri xursand etar

Izma-iz kelib ketar.               (Yil fasllari)

O’zi bitta tishi mingta           (Arra)

To’rtdir uning oyig’i

Temir mixli tuyog’i

Manzilga yetishtirar

Toshdan qattiq tuyog’i        (Ot)

Paravozda 4 ta vagon

Bolalar hech bo’lmang hayron

Har vagonda bittadan fil

Jami nechta bo’ladi?            (4ta)

O’ynar uchta qiz bola

Go’yo uchta qiz bola

Go’yo ochilgan lola

Do’stlari keldi 5 ta

Ayt ular bo’ladi nechta?     (8 ta)

Sariq jo’ja iniga

Tashqarida olasi

Nechta bo’lar qo’shilsa

Jo’jalarning onasi             (3 ta)

 

  1. Dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni rajbatlantirish.

O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantirilib boriladi.

  1. Uyga vazifa: 133-sahifa 3– misol.

Jadvaldagi bo‘sh kataklarni to‘ldirish uchun misollar yechilmaydi,sonlar o‘qida tushuntiriladi.

Jadvalning:

  • 1-qatorida sonlarhar safar 3 tadan qo‘shilayotgani ( 3 talab sanash )
  • 2-qatorda sonlar har safar 6 tadan qo‘shilayotgani ( 6 talab sanash )
  • 3-qatorida sonlar har safar 7 tadan qo‘shilayotgani ( 7 talab sanash)

Lolaxon SULTONOVA,

Xorazm viloyati  Qo‘shko‘pir tumani  Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli  37-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang ‘ich sinf o‘qituvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan