Onaning yaralishi
Onaning yaralishi

Onaning yaralishi

282 marta ko'rildi

Ayol…Itoatkorlik va halimlik bilan tuģildi. Ibo va hayo bilan yuvildi. Hatto shunday gap bor-«Qiz bolaning joni qattiq bòladi.», «Qiz bola chaqqon bo’ladi» , «Qiz bola chidamli bo’ladi» …

Kichkina choģidayoq unga qòg’irchoq sovģa qildilar . U qo’g’ircoqning  sochlarini mehr bilan silaydi, erkalaydi. Bobosi beshik yasab berdi. Qògirchoqni beshikka belab allalar aytdi.  Ilohiy hissiyot.

Katta bòldi. Bòyi yetdi. … To’y ko’rgilari keldi. Sevsa sevmasa kimgadir turmushga chiqdi.  Goh quvondi, goh yiģladi, goh ezildi. Sababini yo bildi, yo bilmadi.

Ota uyiga talpindi. Qarasa, ota uyida endi mehmon . Gòyo u turmush o’rtog’i xonadoni uchun yaralgandek.  Yana qaytdi.  Boridan baxt bino qilishi uchun.

Oradan vaqtlar òtdi.  Vujudida, tabiatida, tabida òzgarish… Nahotki?! … Olamlarga siģmadi . Axir kimdir bu baxtga yetdi.  Kimdir esa yo’q. Osmonlarga uchdi nahotki,Alloh unga hech kim bera olmaydigan ne’matni ato etdi. Endi u uchun yashaydi, yeydi, xayollar suradi. Holdan toyadi, toliqadi, qomati tòlishadi. Bular esa uni quvontiradi.

Nihoyat erkaklar hech tasavvur qilolmaydigan dard bilan farzandini dunyoga keltiradi.  Yahshiyam bu azoblar farzand evaziga berilgan.  Bòlmasa hech Kim bu azoblarni qayta-qayta bòyniga olmas edi.

Bu hisni farzandini ilk bora quchib hidlagandagi tuyg’uni faqat ona bilgaydir.

O’sha gòdak siz edinggiz.  O’sha gòdak men edim. Dunyo olimlari topib bera olmaydigan ozuqani Alloh yana ona orqali beradi.  Tunlar bedor, kunlar undanda sergak  parvarishlaydi, tozalaydi, ardoqlaydi. Ayting??? Yana Kim shunday qilishi mumkin??? Beminnat va mehr bilan.  Ko’rinmas kuch bilan farishtadek himoya qiladi.

Kulganingda, tishing chiqqanida, qadam tashlaganingda, ilk bor ona deganingda olamlarga siģmaydi.  Yetmishga kirsada seni qayģuradi, suyadi, erkalaydi.  Shuncha mehnatlari va mashaqqatlari evaziga bir shirin so’zimizni kutadi.  Bazida bizga shu ham malol keladi-ya.  Buni qanday izohlay ayting  . Omonat onamizni vaqtida qadrlay olmasak  kim degan odammiz?!.  Yòq boshqa yozolmayman. Qòllarim qaltirar ,chunki, onam oldida huddi sizlardek men ham qarzdor , men ham gunohkor.

ONAM

Bevafo dunyo bu, otkinchi dunyo,

Bir bekat orasi yurgancha bolmas.

Sinovlar kechgali kelganmiz goyo ,

Yuz yil yashasakda konglimiz tolmas.

 

Sizning poyingizda  kurrayi olam,

Sizdan yetib borar Allohga nolam.

Hammalar siz kabi dermikan bolam?

Olamda eng yaqin insonim, Onam!

 

Sizni koʻrmoq uchun, kunlar sanayman.

Bahona topolsam, bir zumda shayman.

Onajon siz mendan rozi bolsangiz,

Bir kun sizga loyiq farzand bolgayman.

 

Qaddingiz bukkanman bolib aybdor,

Siz esa kutasiz diydorimni zor.

Inson zoti ichra mehribon yurak,

Onalardan ozga yana kimda bor.

 

Shahnoza JUMANIYOZOVA,

Hazorasp tumani 7-umumiy o’rta ta’lim  maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi .

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan