Maktablarda boshlang’ich ta’lim fan oyligi yakunlandi
Maktablarda boshlang’ich ta’lim fan oyligi yakunlandi

Maktablarda boshlang’ich ta’lim fan oyligi yakunlandi

293 marta ko'rildi

FАN OYLIGI MАZMUNLI VА SАMАRАLI OʼTDI

 Yangi pedagogik texnologiyalarni taʼlim jarayoniga tatbiq etish, taʼlim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kun talabi. Bu esa boshlangʼich sinf oʼquvchilarining taʼlim-tarbiya jarayoniga yangicha yondashuvlarni joriy qilish, ulardan oʼz kasbiga nisbatan masʼuliyat hissini oshirishni taqoza etadi. Shu maʼnoda, anʼanaviy tarzda oʼtkazib kelinayotgan Fan oyliklari oʼqituvchi va oʼquvchini faollikka undashi bilan muhim ahamiyatga ega.

Xiva shahridagi 7-umumtaʼlim maktabida ham boshlangʼich sinflar fan oyligi muvaffaqiyatli yakunlandi. Maktabimizning boshlangʼich sinflarida oylik doirasida sinflar oʼrtasida fan bellashuvlari, faxriy oʼqituvchilar bilan uchrashuvlar oʼtkazilib borildi. Fan oyligini yakunlash tadbiri sinflarda bayramona tus oldi

Maktabning boshlangʼich sinf oʼqituvchisi Rayhon Jumaniyozova rahbarlik qilayotgan 4”А”-sinf oʼquvchilari ishtirokida “Matematika fanlar shohi”mavzusidagi tadbir oʼquvchilarda katta qiziqish uygʼotdi.Bellashuv tarzida oʼtkazilgan ushbu tadbirda maktabdagi boshlangʼich sinf oʼquvchilari faol ishtirok etishdi.3”А”-sinf oʼqituvchisi Dilnoza Matchonova oʼtkazgan “Men ixtirochiman” tadbiri oʼquvchilarni ixtirochlik qobiliyatlarini yana bir karra sinovdan oʼtkazdi.Texnologiya fani oʼqituvchisi Gulnora Matchonovaning ”Geometrik shakllardan robot hosil qilish” hamda boshlangʼich sinf oʼqituvchisi Shahodat Аtajonovaning tabiiy fandan “Sayyoralar” mavusidagi ochiq darslari uslubiy birlashma aʼzolari tomonidan yuqori baholandi.Boshlangʼich sinf oʼqituvchisi Muyassar Jumaniyozovaning “Mehrjon sayli” hamda Ozoda Аbdusharipovaning 2-sinfda oʼtkazgan “Geometrik figuralarda applikatsiya yaratish” mazusidagi tadbiri ham barchaga manzur boʼldi.

Fan oyligida boshlangʼich taʼlim fani oʼqituvchilaridan D.Matchanova. R Jumaniyozova. G.Matchanova, Sh.Atajanova. O.Abdusharipova, B. Yusupova M.Jumaniyozova, S.Bobojonova va F.Mahmudovalar faol qatnashdilar.Tadbir va tanlovlarni maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʼyicha direktor oʼrinbasari Umida Xudayberganova nazorat qilib bordi.Fan oyligi yakunida faol oʼqituvchi va oʼquvchilarni maktab direktori Q. Mirzayev tomonidan ragʼbatlantirdi va kichik yoshdagi oʼquvchilarning oʼzlashtirish darajasida nuqsoni yoʼqligi, kelajakda ulardan ota-onasi va xalqiga xizmat qiladigan, el-yurt koriga yaraydigan farzandlar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Malohat JUMАNIYOZOVА,

Boshlangʼich sinflar  metod birlashmasi rahbari.

 

 

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan