Qo‘shko‘pir tuman sportni rivojlantirish bo‘limi hamda Davlat havfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari 9203- harbiy qisimga qarashli , Chegarani qo‘riqlash vzvodidi bilan hamkorlikda Etno sport turlarini rivojlantirish maqsadida mahorat saboqlari va amaliy semenar trening o’tkazildi.
4-sektor hududiga qarashli Gʻozovot qishlog‘ida joylashgan “Chegarani qo‘riqlash vzvodida “ mahalla yoshlarini, harbiy qism xodimlarini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida sog‘lom va barkamol qilib voyaga yetkazish, milliy sport turlarini rivojlantirish, Xorazm viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasining 2022-yil 30-sentabrdagi 04-01\1234 sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida ,milliy sport turlaridan arqon tortish, tosh ko‘tarish, langi, sportning badminton, o‘q otish turlaridan mahorat sаboqlari hamda amaliy semenar trening tashkillashtirildi. Tadbirda tuman sportni rivojlantirish bo‘limi rahbari T.Sattarova so‘zga chiqib jismoniy tarbiya va sportni hamda muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga ,harbiy qism xodimlariga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarni faxr bilan gapirib o‘tdi.
Tadbirda faol ishtirok qilgan yoshlar, harbiy qism xodimlari tuman sportni rivojlantirish bo‘limi tomonidan “Tashakkurnomalar “bilan taqdirlandilar .
Bu tadbir yoshlarda iliq taassurotlar, Vatanimizga bo‘lgan mehrlarini, keljakda ular ham harbiy qism xodimlari bo‘lishlariga qiziqishlarini, yanada oshirishga sababchi bo‘ldi. Tadbir yuqori saviyada tashkillashtirildi.
Sardor ESHMURODOV,
harbiy xizmatchi.