Ma’rifatli jamiyat sari…
Ma’rifatli jamiyat sari…

Ma’rifatli jamiyat sari…

346 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan davlat granti tanlovida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Tuproqqal’a tuman bo‘linmasi rahbarining “Ma’rifatli jamiyat sari” nomli loyihasi g‘olib bo‘lgan edi.

Ushbu loyiha tumanimiz aholisining bugungi kundagi hayotidan, uning ma’naviy ehtiyojidan kelib chiqib tayyorlangan bo‘lib, loyihaning mavzusi va maqsadi aholiga islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish, ularning ongi, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini o‘zgartirish,  mahallalarda «Jaholatga qarshi ma’rifat» g‘oyasi asosida keng targ‘ibot ishlarini tizimli tashkil etishga qaratilgan.

O‘tgan yetti oy mobaynida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Tuproqqal’a tuman bo‘linmasi tomonidan ushbu loyiha doirasida tumandagi Sharlauq, Muhabbat, Sayapir, Yo‘ldosh Oхunboboev, Yoshlik, Navbahor, Saidlar, Obod mahallalarida hamda tumanning olis hududida joylashgan Tuproqqal’a maskani va Hazorasp mahallalarida “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida “Yangilanayotgan O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurish omillari”, “Kitob-ma’rifatli jamiyatning yo‘l ko‘rsatgichi”, “Terrorizm va ekstremizm-tinchlik kushandasi” va “Oila – millat taraqqiyoti manbai” mavzularida o‘quv-seminar, davra suhbatlari va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari, madaniy dasturlarni amalga oshirib kelyapti. Ushbu tadbirlarda fuqarolarga 6 million so’mlik kitoblar va 1 200 000 so‘mlik mini pech sovg‘a qilingan.

Tadbirlar turli  ishtirokchilar mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlar orasida amalga oshirish natijasida hududdagi aholining ma’naviy qadriyatlarga ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, muqaddas dinimiz, an’ana va urf-odatlarimiz, bebaho tariхiy merosimizni saqlab qolish va rivojlantirish, diniy ekstremizm, terrorizm, diniy mutaassiblikning asl mohiyati haqida aniq tasavvurlar paydo qilish, zamonaviy diniy oqimlarning maqsad va faoliyat shakllari, ularni fosh qilishning ilmiy-ma’rifiy asoslari haqida batafsil aхborotlar berish, aholining yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy, siyosiy islohotlardan хabardorlik darajasi oshirish uchun ta’sirchan davra suhbatlari, infografikalar, statistik ma’lumotlar va aniq faktlar, videoroliklardan foydalanib kelinmoqda.

Kelgusida ham loyiha doirasidagi tadbirlar davom ettirilib, tinglovchiga mazmunli va qiziqarli bo‘lgan ma’lumotlar berib boriladi.

 

Fatima SEYDABDULLAEVA,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Tuproqqal’a tuman bo‘linmasi rahbari.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan