«Asr vabosi” nomini olgan giyohvandlik insonning osuda hayotiga rahna solib, ongini oʻziga boʻysundiruvchi zararli illatlardan biriga aylanib ulgurdi desak xato bo’lmaydi. Bu shunday illatki, oʻz domiga ilintirgan odamni razolat dunyosiga yetaklaydi ,jamiyatdagi oʻrnini yoʻqotishiga va oxiri o’lim bilan tugashiga yetaklaydi.Inson bu kabi illatlarga duchor bo’lishining eng dastlabki omillaridan biri sifatida kitob bilan oshno emaslik, hayot mazmunini to’laqonli anglab yetmaslik,ruhiyatning sust va ma’naviy bo’shliqning bo’lishi desak mubolag’a bo’lmaydi.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tabiri bilan aytganda:”bu dunyoda ham, jamiyatda ham bo’shliq bo’lmaydi.Qayerdadir bo’shliq paydo bo’ldimi,hech shubhasiz,uni albatta kimdir to’ldirishga harakat qiladi”.Ya’ni inson ongida bo’shliq paydo bo’lsa, albatta uni yot va buzg’unchi g’oyalar,zararli ilattalar o’z domiga tortadi.
Hozirda insoniyat boshiga turli balolarni solib, oilalarni va jamiyatni tanazzulga olib boradigan illatlardan biri giyohvandlikdir. Giyohvandlik oqibatida minglab norasida go’daklar mayib majruh tug’ilmoqda, oilalarda ajrashishlar ko’paymoqda va dunyoda millonlab odamlar hayotdan bevaqt ko’z yummoqda. Eng afsuslanarli jihati shundaki, bu jirkanch narsaga mubtalo bo’lgan kimsalarning tuzalishi juda ham qiyindir.
Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik — narkotik moddalarga oʻrganib qolish, ruju qo’yish, aniqrogʻi tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik.
Bugungi kunda giyohvandlik,narkomaniya kabi illatlarga qarshi butun dunyo kurash olib bormoqda.Xususan 26 noyabr ─ Xalqaro narkotiklarga qarshi kurash kuni munosabati bilan BMTning Narkotik va jinoyatga qarshi kurash bo‘yicha Markaziy Osiyodaga vakolatxonasida matbuot anjumani tashkil etildi. Bir mamlakatdan ikkinchisiga olib kirish va olib chiqish savdosi bilan shug’ullanishga qarshi og’ir jazolar joriy qilingan.
Giyohvandlik kabi illatlarga duchor bo’lmasligi uchun xalqimizga ko’plab imtiyozlar yaratlib berilayapti.Turli xil sog’lomlashtirish markazlari,sport zallari va musobaqalari,ilmiy va amaliy izlanish, bilim olish imkoniyatlari,eng muhimi yosh avlodni to’g’ri yo’lga yo’naltirish,ularning yashirin isde’dodlarini namoyon qilish,ularni kelgusi hayotga tayyorlash va o’z hayot mazmunlarini anglashga yordam beruvchi ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchi lavozimining joriy etilishidir.Targ’ibotchi yosh avlodni rag’batlantirish va o’z-o’ziga ishonchini yanada oshirish uchun eng asosiy ustun bo’ldi desak hech yangilishmagan bo’lamiz.
Sevara QURBONOVA,
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchi.