OYBEK MUHAMMADIYEV IJODIDAN
Asli seni sevgan men yomon,
Kelmaysan yonimga hamon,
Nima bo’lsa ham bo’l omon,
Boraqol o’sha yaxshi tomon.
***
Sevgimni uloqtirdim tubsiz jarlik qariga,
Qo’l siltayman o’tgan damlarning bariga.
Sevmagin – deb to’g’ri aytgan ekanlar,
Shukr qilaman sensiz kunlarning boriga.
***
Qattiq og’riyapti-ku bu yurak,
Aynan senga shu ekan-ku kerak.
G’am-g’ussalarga ko’rdingmi ravo,
Nima qilay sensiz yetmayapti havo.
***
Sensiz kunlarning biri boshlandi yana,
Kelib xolimni ko’r bir bor mana.
Sensiz kunlar kerakmas menga,
Sevishimni necha bor aytay senga.
***
Kesib olsang biror joyingni ketar tuzalib,
Qalbinga bersalar jarohat bo’larsan tamom.
Vaqt deydilar hammasiga berar taskin,
O’tib ketmayapdi-ku bu og’riqlar hamon.
***
Bekat (O’kinchim)
O’ziga chorlar yana sog’inch bekati,
Yurakda uni men bilan qurgan suhbati.
Yolg’on ekan menga bo’lgan muhabbati,
Meni ezadi sevgi degan la’nati.
Sensiz ko’zimga uyqu kelmas kechalar,
Seni axtarib o’tdim necha ko’chalar.
Yuragim sevgidan xo’rsinib kuy chalar,
Qo’lda qolgandi senga olgan g’unchalar.
Alamdan chekishni qara men boshlayman,
Qayerda qildim xato boshim qashlayman.
Endi sevgini qara butkul tashlayman,
Iztirobda yonib mayus ko’zim yoshlayman.
Beshavqat baxt
Menga kerakmas oltin taxt,
Seni kutyapman shirin baxt.
Hamon o’tmayapti og’ir dard,
Ezib yubordi beshavqat baxt.
Ota-onam doim mendan umidvor,
Iltimos yuragim, qilmagin ohu-zor.
Haligacha qalbimda o’kinchim bor,
Jondan o’tib ketdi bu beshavqat baxt.
Nega qildim men uni orzu,
Faqat chiroyli so’z ekan u.
Lek ayrilsang halovat yo’q-u,
Azobli ekan, beshavqat baxt.
Faqat o’tgan kunlarni eslayman,
O’sha onga qaytishni so’rayman.
Lek endi hech qachon sevmayman,
Bo’g’zimga keldi, beshavqat baxt.
Qaytmas endi “O’tkan kunlar” ,
Hech ham bo’lmas “Ochiq eshiklar” ,
Faqat o’chmas “Chin muhabbat” ,
Ado qilar ekan beshavqat baxt.
***
Tig’ tekkizmagin qoshingga,
Yarashmaydi 16 yoshingga.
Bu bir o’tkinchi chiroy,
Qalbing bo’lsin oppoq oy.
Bu senga ota-onangdan meros,
Qancha maqtama bu baribir oz.
Yangi oy kabisan chaqaloq misol,
Oqib turgan tip-tiniq xuddi zilol.
MUHAMMADIYEV OYBEK,
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali Akademik litseyi 2-kurs tolibi.