Nazm gulshani
Nazm gulshani

Nazm gulshani

243 marta ko'rildi

Dunyoni ayblama

Dunyoni ayblama aziz insonim,

Dunyo emas inson o’zgarar asli.

Muhabbat tuyg’usi yo’qolgan zamon,

Odamga uradi odamning kasri.

 

Nolib yashamoqlik senga xos emas,

Qo’l oyog’ing butun demak baxtlisan.

Bir zum harakatdan to’xtamasang bas,

Shubhasiz eng go’zal baxtga arziysan.

 

Dunyoni ayblama aziz insonim,

Shu tuproq o’z yurting o’lan to’shaging.

Olamni, o’zingni quvonchga atab,

Yashasang keladi yana yashaging.

 

Durdona JO’RAQULOVA,

«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universitetining 3-bosqich talabasi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan