Davra suhbati
Davra suhbati

Davra suhbati

251 marta ko'rildi

DAVRA SUHBATI

Shovot tumani  xotin-qizlar masalalari bo’yicha  tuman hokimi o’rinbosari S.Jumaniyazova,  tuman maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tashkilotlarida tarbiyaviy masalalar bo’yicha bosh mutaxassis  K.Bekchanova   hamda   Shovot tumani IIB  xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektorI  X.Shomuradovalar  bugun maktabimiz o’quvchilari bilan  davra suhbati o’tkazishdi.  Tevarak- atrof obodonlashtirish  ishlari to’g’rosida ijobiy fikr   bildirdilar.

Shovot tumani  xotin-qizlar masalalari bo’yicha  hokim o’rinbosari  S.Jumaniyazova  maktabimizning 8-11-sinf  qizlari bilan  suhbatlashish davomida  bugungi qizlarimiz qanday bo’lmog’i, qiz bolaning jamiyatimizda tutgan o’rni haqida  hayotiy misollar aaosida ma’lumotlar berdi.  Qiz bolanig ilm-fanga bo’lgan qiziqishi  jamiyatimiz rivojiga  qo’shgan  ulkan hissasi ekanligi va ilm egalash yo’lida  yanada olg’a qadamlar tashlab , buyuk maqsadlar sari izlanishdan  to’xtamasliklari to’g’risida  to’lqinlanib gapirdi. Shuningdek Shovot tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori  X.Shomuradova ham  qiz  bolaning  ibo-hayosi, , so’zlashish  odobi,  kiyinish madaniyati to’g’risida  batafsil ma’lumotlar  berib,   qizlarimizni hayotda adashib , boshi berk ko’chalarga kirib qolishga undovchi  sabablardan  hamisha ogoh bo’lib  yashashga undadi. Qiz bolaning  go’zalligi uning ibo-hayosi  ekanligini qayta-qayta  uqtirdi.

Darhaqiqat ,  jamiyatimizning  ertangi kelajagi bo’lgan  qizlarimizning tarbiyasida barchamiz birdek mas’ul ekanligimizni  his qilib yashamog’imiz lozim.

M.BEKCHONOVA,

 Shovot tumanidagi 46-umumiy o’tra ta’lium maktabining   MMIBD o’rinboasri.

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan