Kasb tanlash uchun psixologik tavsiyalar
Kasb tanlash uchun psixologik tavsiyalar

Kasb tanlash uchun psixologik tavsiyalar

328 marta ko'rildi

Hozirgi kunda yoshlarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri o‘z imkoniyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlariga mos kasbni tanlashdir.

Maʼlumki, kasb tanlash, kasbga yo‘naltirish haqida qanchalik fikr yuritmaylik, maxsus testlarni ishlab chiqmaylik, baribir hayotda kim bo‘lish kerakligini ota-ona ham bitiruvchi ham bilmaydi. Shu bois, bu muammoni samarali hal qilish maqsadida psixologlar quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarurligini taʼkidlaydilar.

Aksariyat kasb tanlash bosqichida bo‘lganlar faqat bitta narsani bilishadi. Undan keyin nima qilish kerakligini umuman bilmasliklari barchamizga ayon. Shuning bilan birga qaror qabul qilish natijasida o‘ziga xos qarama-qarshiliklar yuzaga keladi. Buning uchun sizga tanlagan kasbingizga mos yoki mos kelmasligingizni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan testlarni maslahat beramiz. Shuni unutmang, siz bir vaqtning o‘zida 3-4 ta testdan o‘tsangiz, ularning natijalari mutlaqo bir-biriga teskari bo‘lishi mumkin. Bunday paytda siz kasbga yo‘naltirish bo‘yicha qulay testni tanlashingiz lozim. Psixolog E.Suslovaning fikriga ko‘ra, test to‘plami mazkur soha mutaxassislari tomonidan tayyorlanish hamda individual ravishda tanlashi kerak. Shuni esda tutish kerakki, test natijalariga “hukm” deb qarash kerak emas. Biz psixik xususiyatlar va intellektni hisobga olgan holda aniq bir faoliyat turiga nisbatan moyillik xususida fikr yuritamiz.

Mazkur muammoni biroz osonlashtirish maqsadida siz mehnat faoliyati va undagi yo‘nalishlar, istiqboli mavjud bo‘lgan soha va mutaxassisliklar to‘g‘risida bilimlaringizni mustahkamlashingiz kerak. Har yili o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha kitoblar nashr qilib boriladi. Ularda siz hattoki, maktab o‘quvchilari ko‘pincha bilmaydigan kasblar bilan ham tanishishingiz mumkin. Ehtimol ulardan qaysi biridir sizning tanlovingiz bo‘lishi mumkin.

 Maktabni bitirish arafasida o‘spirin kasblar haqida xato va noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘ladilar. Ko‘pincha ular tanlagan kasblarini faqat ijobiy tomonlarini yoki aksincha salbiy jihatlarini ko‘radilar. Buning uchun ota-onalar farzandlariga ko‘p narsalarni aniqlab olishlari uchun yordam berishlari kerak. Shuning uchun 9-sinfdan boshlab asta–sekin o‘zingiz tanlagan yo‘nalishingiz bilan tanishish maqsadida institut va universitetlardagi «Ochiq eshiklar» kuniga tashrif buyurishni unutmagan holda qaror qabul qilishingiz lozim.

 Baʼzi soha mutaxassislari maslahat berganidek, o‘zingiz uchun stol tayyorlashingiz mumkin. Sizni yuragingizga yaqin bo‘lgan kasblarni vertikal ravishda va faoliyatingizda nimani xohlashingizni gorizontal ravishda joylashtirishga harakat qiling. Jadvalni iloji boricha batafsil to‘ldirishingiz kerak. Agar tanlagan kasb sohasi va ishga qo‘yilgan talablar bir-biriga mos keladigan bo‘lsa, “+”, agar mos bo‘lmasa “-” ishoralarini qo‘yishingiz lozim. Shunday qilib, tanlovni amalga oshirishga yordam beradigan yoki tanlov doirasini va fikrlarni sezilarli darajada aniqlashga qaratilgan tasvir shakllantiriladi.

Shunday qilib, biz biror narsa to‘g‘risida qaror qildik yoki biror narsani tanladik. Endi siz o‘zingizni sinab ko‘rishingiz kerak. Buning uchun turli o‘quv- guruhlari bo‘lgan ko‘plab ixtisoslashgan maktablar va kurslari mavjud bo‘lib, ular sizga transport vositalarini mexanikasidan tortib, tadbirkorlikkacha o‘zingizni sinab ko‘rish imkoniyatini beradi. Mazkur taʼlim muassasalarining aksariyat qismida darslar bepul amalga oshiriladi.

Sizni o‘zingiz xohlagan aniq tanlovingiz bo‘lishi bilan birga har holda qo‘shimcha ravishda eʼtiborga olishingiz kerak bo‘lgan kasbingiz ham bo‘lishi kerak. Hayotni oldindan aytib bo‘lmaydi chunki har qanday narsa yuz berishi mumkin. Shu bois, tanlagan universitet va yo‘nalishingizga qobiliyatlaringiz mos kelmaganligi sababli kira olmay ko‘nglingizda jarohat hosil bo‘ladi. Siz shunchalik ertalab uyg‘onishingiz mumkin va o‘zingizni tanlovingizdan xafsalangiz pir bo‘lib, uni o‘zgartirishga harakat qiling.

Ota-onangiz tomonidan beriladigan maslahatlar foydali lekin ularni fikri yakuniy qaror bo‘lmasligi kerak. Psixologlarning taʼkidlashicha, biz ko‘pincha atrof-muhitga, qarindoshlar, o‘qituvchilar, do‘stlarimizga eʼtibor qaratamiz. Odatda bunday vaziyatda ikkita yo‘ldan boramiz yaʼni ularning fikriga amal qilamiz yoki aksincha. O‘zi o‘smir uchun nima kerak? Masalan, ona butun hayot davomida o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullandi lekin u bu

faoliyatidan allaqachon voz kechish kerak edi. Endi o‘zi xohlagan narsasiga qizi orqali erishishiga harakat qiladi. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak? Qarorni tinchlik yo‘li bilan qabul qilishga harakat qiling. Masalan, raqs o‘qituvchisi yoki ximiya o‘qituvchiligidan qaysi birini tanlashingiz uchun ota-onangiz va do‘stlaringizning maslahatlariga amal qiling. Baribir yakuniy qarorni o‘zingiz qabul qilishingiz lozim.

Siz o‘zingizni ishingiz undagi imkoniyatlar qulayliklar shuning bilan birga farzandingiz uchun muvaffaqiyatli martaba haqida oldindan bashorat qilib gapirishingiz mumkin. Agar farzandingiz sizni yoki otasini kasbini davom ettirmoqchi bo‘lsa bu juda yaxshi. Lekin majbur qilishning o‘zi noto‘g‘ri. Agar inson o‘zi yoqtirmagan ishi bilan butun hayot davomida shug‘ullangandan keyin o‘zini baxtsizdek his qiladi.

Shunday qilib fikrlarimiz asosida quyidagi xulosalarni keltirib o‘tamiz:

– oila aʼzolaringiz va do‘stlaringiz bilan maslahatlashilgan holda ularning fikriga ko‘ra, siz tanlagan kasbingiz o‘zingizga mos keladi;

– ommaviy axborot vositalari yangi kasb sohalari haqida ko‘proq maʼlumot olishga yordam beradi va maxsus manbalar (adabiyotlar internet va boshqalar) sizga jamiyatda ehtiyoji yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar haqida maʼlumotlar beradi;

– o‘zingizni xohishingiz va hayotingizdagi ustanovkalaringizni esingizga oling;

– olingan materiallarni har tomonlama ko‘rib chiqing, yaxshilab tahlil qiling va o‘zingizga «Hayotda menga nima kerak?» degan savolga javob berishga harakat qiling.

– imkoniyatingiz bo‘lsa, kasb tanlash bo‘yicha malakali mutaxassis bilan maslahatlashishingiz zarur.

Nigora RAHIMOVA,

Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-umumiy o‘rta taʼlim maktab ruhshunosi.

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan