ASRGA TATIGULIK KUNLAR
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub shunday satrlar bor:
Tarixing bitmakka, xalqim, mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing mingta doston, o‘zbegim.
Yurtimizda bo‘layotgan so‘nggi besh yillikdagi o‘zgarishlarni yozish uchun ming nafar yozuvchining umri kamlik qiladi, chunki har bir soha shiddat bilan rivojlanib,yuksalib bormoqda.
O‘zimizdagi o‘zgarishlardan boshlasak,dono Yurtboshimizning odilona siyosatlari tufayli metodistlarning oylik maoshi oshirilishi bizning ko‘p yillik orzularimiz ro‘yobi bo‘ldi desak yanglishmagan bo‘laman,chunki “Oldin iqtisod keyin siyosat “deganlaridek, ishga bo‘lgan ishtiyoqimiz yanada oshdi. Qolaversa, o‘qituvchilik kasbining haqiqiy o‘rni o‘z joyiga ya’ni “ishchilar”safidan tushirildi va bilim beruvchi inson sifatida o‘z faoliyatini samarali davom ettirmoqda.Ustozlarning jamiyatdagi o‘rni ko‘tarilibgina qolmay,ularga e’tibor kuchaydi.Kelajak avlodning hech kimdan kam bo‘lmasligi, rivojlangan davlatlar qatorida turishi uchun milliy o‘quv dasturi asosida mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi: 1-son IMI va 2- maktab Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tayanch maktabga aylantirilib,”’Zamonaviy maktab”loyihasiga kiritildi va SMART xonalar tashkil qilindi, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi.
“Obod qishloq” dasturi bo‘yicha maktablar ketma-ket zamonaviy tipda ta’minlanmoqda. Oliy ta’limga kirish borasida ham yangilik: bitiruvchilar 5 ta oliygohda o‘z bilimlarini sinashi mumkin bo‘ldi. Yetti yoshdan yetmish yoshgacha xalqning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kitobxonlik kechalari,tanlovlari yo‘lga qo‘yildi,tumanda axborot-kutubxona markazi ishga tushirilib,turli mavzudagi kitoblardan tortib,elektron kutubxona,QR-kodli kitoblar, o‘qish uchun barcha sharoitlar yaratilgan: kitobxonlar va butun xalq uchun bepul kodsiz vayfay ham o‘rnatilgan,hatto uyga eltib berish xizmatigacha mavjud kutubxona xalq xizmatiga topshirilgan.
Qolaversa, milliy tilimiz bo‘lgan davlat tilini rivojlantirishga, o‘z milliy tilimizda to‘g‘ri va xatosiz yozishni yo‘lga qo‘yish maqsadida ko‘pgina yangilanishlar ro‘y berdi:hokimlikda, viloyat boshqarmasida Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi ish o‘rni ochildi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi ishga tushdi, bunda mutaxassisligi, kasbidan qat’iy nazar hujjat bilan ishlovchi barcha tashkilot xodimlari o‘z malakasini oshirishga jalb qilindi. Men ham yanvar oyida malaka kursini 94 ballik sertifikat bilan muvaffaqiyatli yakunladim. Shunday imkoniyatlarga boy, tinch mustaqil yurtda tug‘ilganimdan faxrlanaman.
Zilola O’RAZMETOVA,
Qo‘shko‘pir tumani xalq ta’limi bo‘limi filologiya fanlari metodisti.