Sil kasalligi nima o’zi?
Sil kasalligi nima o’zi?

Sil kasalligi nima o’zi?

306 marta ko'rildi

Sil – bu sil bakteriyalarini organizmga kirib borishi bilan rivojlanuvchi yuqumli kasallik. Bunda, kasallik bilan shikastlanuvchi asosiy organ – o’pkadir.

 Sil bilan og’rigan 75% bemorlarning eng ko’pi mehnatga qobiliyatli va  repro duktiv 20-40 yoshdagi insonlarni tashkil etadi.

Agar silni aniqlash va davolash nazorat ostida va uzluksiz amalga oshirilishi to’g’ri tashkillashtirilgan bo’lsa, bemorlar tez sog’ayadilar. Hozirgi kunda sil kasalligining deyarli ko’pchilik hollarini davolash  mumkinligi isbotlangan.

Silning mikobakteriyasi eng “ekstremal” sharoitlarda – sovuqda, issiqda, qorda omon qolish qobiliyatiga ega, shuning uchun sil har xil iqlim sharoitlarida rivojlanishi mumkin. Tayoqcha yorug’lik va namlikka, hamda ko’pgina kimyoviy moddalarning ta’siriga bardoshli.  Bu SB (sil bakteriyasi) qo’zg’atuvchisining tashqi muhitda uzoq vaqt yashab qolishini ta’minlaydi.

Sil bakteriyalari havo-tomchi yo’li orqali yuqadi. Ular sil bilan kasallangan insonlar organizmida ko’payadi. Bunda sil uchun xos bo’lgan yallig’lanish paydo bo’ladi, shundan so’ng esa to’qimaning emirilishi ham vujudga keladi, kavak deb nomlanuvchi bo’shliqlar  shakllanadi, ularning ichida millionlab sil bakteriyalari mavjuddir. Ulardan yo’talganda, aksa urganda, gaplashganda sil bakteriyalari  atrofdagi havoga ajralib chiqadi.

Shuning uchun sil bakteriyalari bilan zararlanishdan hech kim himoyalanmagan, axir havo hamma insonlar uchun yagona hisoblanadi.

Sil bilan har qanday yoshda zararlanish mumkin, ammo bu ayniqsa yosh bolalar va organizmi kuchsizlangan katta yoshdagi insonlar uchun xavfli. Agar yon-atrofda zararlangan inson bo’lsa, kasallanish xavfi yuqoriroq bo’ladi, ayniqsa uzoq vaqt davomida yopiq yoki yomon shamollatiluvchi xonalarda bo’lsa.

Organizmning himoyalash kuchlari yaxshi bo’lgan vaziyatda kasallangan bemorlar bilan aloqalar uzoq vaqt davom etmasa insonning o’pkasiga tushib qolgan sil bakteriyalari organizmning immun hujayralari bilan yo’q qilinadi va kasallik rivojlanmaydi. Sil bilan kasallanishni oldini olish, davolashga qaraganda osonroq. Shuning uchun, har bir inson uning oldini olish choralarini bilishi kerak.

Sil profilaktikasida bolalarni   emlash bilan immunizatsiyalash eng muhim rolni o’ynaydi. Tuberkulin sinamasini qo’llash bilan profilaktik tekshiruvlar: Mantu sinamasini qo’yish, flyuorografik tekshiruvlar, kasallikni erta bosqichlarida aniqlash imkonini beradi.

Silni o’z vaqtida aniqlash, davolash va tartib bo’yicha shifokorning tavsiyalarini aniq bajarish, davolasa bo’ladigan kasallik ekanligini yodda saqlash muhim. Qanchalik kasallik barvaqt aniqlansa, kasalning organizmiga shunchalik kam shikastlanishlar etkaziladi. Qanchalik u tezroq va to’laroq davolansa, shunchalik atrofdagi insonlarga infektsiyani tarqatib yuborish xavfi kamroq bo’ladi.

Silning oldini olish uchun har bir inson quyidagilarni bilishi kerak:                               Sport bilan shug’ullanishi, sog’lom turmush tarzini olib borishi.

To’g’ri ovqatlanishi – sog’lom, vitaminlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishi.

Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etishi.

Alkogol, chekish va har qanday toksik moddalarni iste’mol qilishni bekor qilishi.

Sil – sekin-asta rivojlanuvchi va uzoq vaqt davom etuvchi kasallik. Ammo o’tkir, tez rivojlanuvchi shakllari ham bo’lishi mumkin.

Kasallik o’z vaqtida aniqlanganda va to’g’ri davolanganda silning rivojlanishini eng erta bosqichlarda to’xtatish, o’pkalar va boshqa organlarning katta maydonlarini buzilishiga yo’l qo’ymasdan to’xtatish mumkin.

Erta aniqlanib, o’z vaqtida va to’g’ri davolanganda – kasallikning oqibati doimo ijobiy bo’ladi  Sil bakteriyalari bilan zararlangan insonlarning 90-95% o’z hayotlari davomida sil bilan kasallanmaydilar. Zararlangan insonlarning 5-10% esa mudrayotgan holatda bo’lgan sil bakteriyalari o’z soatlarini kutib turishibdi. Kasallik alomatlari dori vositalarini qabul qilishni boshlagandan so’ng bir necha hafta davomida g’oyib bo’lishi mumkin.

Sil mikroblari juda sekin yo’q qilinadi, davolash odatda uzoq davom etadi. Dori vositalarini nomuntazam, uzilishlar bilan qabul qilish silning turg’un shaklini rivojlantirishi mumkin.

Turg’un silni davolash juda murakkab va kamida 18-24 oy o’tkazilishi kerak. Shuning uchun, sil bilan kasallangan bemorlar, ularning qarindoshlari, barcha darajadagi tibbiyot xodimlari silni davolashda uzilishlarga yo’l qo’yish mumkin emasligini bilishlari shart.

Sil qo’zg’atuvchilari juda o’zgaruvchan va dori-darmonlarga turg’unlikka tez ega bo’ladilar, ularni nafaqat dori vositalari bilan yo’q qilish, balki aniqlash ham murakkab bo’ladi. Noto’g’ri davolash, davolashdagi uzilishlar, surunkali bemorlar bilan doimiy muloqotda bo’lishlik va boshqa sabablar natijasida sil (silga qarshi dori vositalarining ta’siriga turg’unlik) davolanishi juda qiyin bo’lgan surunkali shaklga o’tishi mumkin.

Silning rivojlanishida quyidagi alomatlar paydo bo’ladi: yo’tal, quvvatsizlik, 37 – 37,5°S gacha tana haroratining ko’tarilishi, ko’p terlash, ko’krak qafasida og’riqlar, ishtahani pasayishi, vaznni yo’qotish, charchash .

Silning bu alomatlariga insonlar ko’pincha katta ahamiyat bermaydilar va tibbiy yordamga murojaat qilmaydilar, yoki o’zlarini o’zlari davolash bilan shug’ullanadilar.

Sil bilan kasallangan bemorning ovqatlanish ratsionida oqsilga boy mahsulotlar va vitaminlar etarlicha miqdorda bo’lishi kerak. Ovqatlanishda sut mahsulotlari, sabzavotlar va mevalar, har xil sharbatlarni iste’mol qilish zarur.

Sil bilan kasallangan bemorlarning uyqu va dam olishlariga etarlicha vaqt ajratilganda tezda tuzalib ketadilar (kuniga 8-10 soat). Toza havoda uzoq vaqt davom etmaydigan sayrlar tavsiya etiladi. Silni o’tkazgan inson birinchi galda o’zining turmush tarzini o’zgartirishi  lozim. Agar uning faoliyati zararli mehnat sharoitlari bilan, kirlangan xonalara muntazam bo’lishliklarga bog’liq bo’lsa, u holda bunday ishni almashtirish kerak. Tungi dam olish vaqtini 8-9 soatgacha oshirish, kunlik tartibga 2-soatlik kunduzgi uyquni kiritish, jismoniy yuklanishni cheklash, har kuni toza havoda bo’lish, stressli vaziyatlardan nariroq bo’lish kerak.

Yulduz  Yo‘ldoshyeva,

  Xorazm viloyati   Ftiziatriya va pulmologiya markazi: Statistika hamshirasi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan