Yil oʻqituvchisi tanlovi oʻtkazildi
Yil oʻqituvchisi tanlovi oʻtkazildi

Yil oʻqituvchisi tanlovi oʻtkazildi

330 marta ko'rildi

Xorazm viloyati Hazorasp tumani XTB tomonidan 15-18 –sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan oʻzbek tili oʻqituvchilari orasidan mahoratli, tashabbuskor, faol oʻqituvchilarni aniqlash, ularning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash va ish tajribasini ommalashtirish hamda oʻzbek tilining davlat tili sifatida oʻqitilishi boʻyicha zamonaviy yondashuvlarni qoʻllashga qaratilgan amaliy ishlanmalar koʻlamini kengaytirish maqsadida tuman taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan ona tili va oʻzbek tili fani ustozlari ishtirokida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovining tuman bosqichi tanlovning Nizom talablariga muvofiq tarzda tashkil qilinib oʻtkazildi. Tanlovning birinchi bosqichida tanlovga qatnashish maqsadida ariza bergan 117 nafar oʻqituvchi ishtirokida Nizom talablari va shaffoflikni saqlagan holda tumandagi 1-son maktab informatika xonasida tashkil qilinib, shundan 49 nafar oʻqituvchi 26 balldan yuqori ball toʻplab, tanlovning ikkinchi bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Tanlovning ikkinchi bosqichi Hazorasp tumani XTB faollar zalida barcha ishtirokchilarni qamragan holda tashkillashtirildi.Tanlovning ikkinchi bosqichi ham shaffoflikni taʼminlab, barcha ishtirokchilar bir-birining tayyorlagan taqdimotlarini kuzatish imkoniyatini yaratgan holda yuqori saviyada tashkillashtirildi va oʻtkazildi. Bu jarayonda tanlov ishtirokchilari oʻzlari tayyorlab kelgan slaydlar orqali oʻz tajribalaridan kelib chiqib dars mashgʻulotlarida qoʻllayotgan turli metod va usullarning samaradorligini koʻrsatib berdilar. Bu esa tanlovda qatnashayotgan oʻqituvchilar uchun oʻziga yarasha mahorat maktabi va tajriba almashish maydoni boʻldi. Tanlovning hakamlar hayʼati tomonidan va barcha ishtirokchilar tomonidan tayyorlab kelgan taqdimoti eʼtirof etilgan tumandagi 2-son maktabning oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchi Barnogul Rajabova tanlovning gʻolibi deb topilib, tanlovning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.Tanlovda qatnashgan yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan ishtirokchilarga tuman XTBning esdalik sovgʻalari topshirildi.

Malika XODJAYEVA,

Hazorasp tumani XTB Ona tili va adabiyoti ,qardosh tillar metodisti.

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan