1-Oktabr o’qituvchi va murabbiylar kuni
1-Oktabr o’qituvchi va murabbiylar kuni

1-Oktabr o’qituvchi va murabbiylar kuni

417 marta ko'rildi

KASBIM MENING G’URURIM—FAXRIM

Mamlakatimiz o’zining mustahkam taraqqiyot yo’lidan dadil odimlab bormoqda.  Davlatimiz rahbari yosh avlodni tarbiyalashga, ularning har tomonlama baxtli bo’lishlari uchun  alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Qaysi bir sohani olib qaramaylik katta islohatlar amalga oshirilmoqda. Shu o’rinda Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili so’zlari ayni haqiqatga to’g’ri keladi “Agar mamlakatning kelajagini bilmoqchi bo’lsang, uning maktablariga nazar sol”.

O’zbekiston  nomni ko’klarga ko’taruvchi ajib bir maskan bor. Bu ham bo’lsa hech shak shubhasiz maktabdir. Bunday ulug’vor dargohning chin ma’nodagi zahmatkashlari esa muallimlardir. O’z qalb qo’rini, ko’z nurini, mehr-muhabbatini barkamol avlodlarni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifaga bag’shlagan—ustozdir.

“Menimcha, pedogogika kasbi jamiyat kelajagi uchun boshqa barcha kasblarga qaraganda ko’proq hissa qo’shadi”-degan edi Jon Wodon. Darhaqiqat, ma’naviyatli yetuk yoshlar aynan pedogoglar qolidadir.  Men ham shular qatoridan joy olganimdan, o’qituvchilik kasbimdan faxrlanaman, g’ururlanaman. Prezidentimizning “Ishongan kuchim muallimlar, ishongan kuchim ziyolilar” degan so’zlari menda kuchli mativatsiya uyg’otdi.  O’z ustimda ishlashdan charchamayman, izlanishda davom etaman. Aynan kuch va shijoatga to’la yoshligimni maqsadli, unumli, foydali, otkazishga harakat qilaman. “Haqiqiy dono o’qituvchi sizga o’zining donoligiga ishontirishga urunmaydi,aksincha sizni aql zakovat eshigiga olib boradi”-deb yozgan edi  Xalil Gibran. Haqiqatdan ham farzandlarimizni yetuk ilmli qilshda o’zimizning pedogogik mahoratimiz, salohiyatimiz, qobiliyatimiz ila yondoshgan holda olib barsak maqsadga erishgan bo’lardik. Yosh avlodni tarbiyalashda, vatan ravnaqi hamda rivoji  uchun  o’z hissamni qoshib kelayotganimdan xursandman. Aytishim joizki, o’z mehnatim samarasi ila bir necha yutuqlarga erishganman. Jumladan, “O’zbekistonda onlayn ta’lim” rasmiy sayti elektron jurnalida 11-sinf O’zbekiston tarixi fani boyicha “Oliy ta’lim va undan keyingi ta’limning takomillashtirilishi” mavzusidagi dars ishlanmam bilan ishtirok etib, sertifikatga ega bo’lganman, Respublika o’qituvchilar o’rtasida o’tkazilgan “Mehri ummon ustozlar” telegramm kanali orqali bo’lib o’tgan testlarda faol ishtirok etib, faxrli 3-o’rinni olganman va a’lo darajali sertifikat bilan taqdirlanganman, “O’qituvchi –kasbim, fahrim” kanalida Respulika miqyosida o’qituvchilar o’rtasida darslarda zamonaviy AKT hamda ta’limning interfaol usullaridan samarali foydalanish mavzusida o’tkazilgan “mahoratli pedogog-2021”tanlovidagi ishtirokim uchun oliy darajali diplom, “BRAVO INTELLEKT CENTER” innavatsion rivojlanish markazi tomonidan tashkil etilgan o’qituvchilar o’rtasida o’tkazilgan Respublika olimpiadasining Tarix fani yo’nalishida faol ishtirok etganim uchun 1-darajali diplom bilan taqdirlanganman. Xuddi shu olimpiadada o’quvchim Dinara Matkarimova ham 1-darajali diplomga sazavor bolgan, “Jaloliddin Manguberdi avlodlari” ko’rik tanlovining tuman bosqichida 2-o’rinni olgan o’quvchilarim, “Ustoz—2020” tanlovida ish faoliyatim aks ettirilgan videorolik bilan namunali ishtirok qilganman. “30 yillikka 30 mukofot” tanlovida videorolik yo’nalishi bo’yicha qatnashganman.  Hali men  o’z oldimga katta maqsadlarni qo’yganman. “Ustoz-2021” tanlovi uchun ro’yxatdan o’tdim, nasib ‘etsa albatta g’oliblar qatoridan joy olaman.  Shu qatorda aytishim mumkinki, ustozlarim singari Xalq ta’limi a’lochisi ko’krak nishoniga sazovor bo’lishdir. Prezidentimiz bizga ishonib “Men yangi O’zbekistonni obod va farovon demakratik mamlakatni barpo etishda siz, muhtaram pedogoglarni, professor- o’qituvchilarni o’zim uchun eng katta kuch, tayanch va suyanch deb bilaman” degan so’zlari meni yanada ruhlantiradi.

Kreativ fikrlaydigan o’quvchilarni tarbiyalashda biz jonkuyarlik qilishimiz darkor. Bizga Yurtboshimiz ishondi va albatta buni uddalaymiz.  Darhaqiqat, Prezidetimizning  2021-yil 10-sentabr kungi ta’lim mavzusiga oid videoselektorida bizning maktabimizni eng faol maktab sifatida namuna qilib ko’rsatganligi jamoamizni yanada ruhlantirdi.

Qalblarga beminnat mehr urug’ini sochgan holda vatanimiz uchun fidoyi yoshlarni tarbiyalashdan charchamaymiz, izlanamiz, ilg’or, malakali, o’z sohamizga mas’uliyat bilan yondoshadigan fidoyilar bo’lamiz.  Yurtmizning ravnaqi, saodatga erishishi biz pedogoglar qo’limizdadir. Chunki biz parvoz uchun qanatlarmiz.

Go’zal POLVONNAZIROVA,

Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumanidagi  34-umumta’lim maktabining tarix fani o’qituvchisi.           

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan