Bugun o’quvchi yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ular ongiga xalqimiz ardoqlab kelayotgan ezgu fazilatlarini singdirish borasida umumiy o’rta ta’lim maktablarida qator tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. Maktabimizda ana shunday tadbirlardan biri bo’lib o’tdi va unda o’quvchilar, ota-onalar yuqori sinf o’quvchilari ishtirok etdilar.
“Milliy madaniyatga xavf soladigan illatlar “ mavzusida o’tkazilgan davra suhbatida hayotimizda uchrab turadigan qusurlar-loqaydlik, xudbinlik, qarindosh-urug’chilik va manfaatparastlik, hasadgo’ylik va manmanlik to’g’risida atroflicha so’z yuritilib, yoshlarni bu illatlardan asrash, ular ongu-shuuriga yaxshilik va ezgulik g’oyalarini singdirish haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Muhumi, bu kabi tadbirlar biz yoshlarni ilm-fan saboqlarini o’rganishga kasb-hunar egallashga da’vad etish bilan birga kelajakda yurtimizning munosib farzandlari bo’lib voyaga yetishishga undaydi.
Davra suhbati qiziqarli savol-javoblar tarzida o’tganligi ishtirokchilarda taassurot qoldirdi.
Sarvinoz OLIMBOYEVA,
Gurlan tumanidagi 24-umumiy o’rta ta’lim maktabining 8-sinf
o’quvchisi.