Shuni aytish joizki, Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug’iga asosan fan oyliklari o’tkazish rejalashtirilgan.Noyabr oyi-«Rus va xorijiy tillar fan oyligi» sifatida belgilangan bo’lib, shu munosabat bilan maktabimizda tadbir tashkillashtirildi.
Fan oyliklarini o’tkazilishidan asosiy maqsad shuki, o’quvchi yoshlarni fanga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish va fanlar yuzasidan bilim, ko’nikma, malakalarini yanada boyitishga qaratilgan. Fan oyligi doirasida ingliz tili fani o’qituvchlari 3-«D» sinfda «My favourite season is…» mavzusida ochiq dars va 27-noyabr kuni «We learn English» nomli tadbir o’tkazdilar. Tadbir davomida o’quvchilar o’zlari sevgan fasllar haqida, ob-havo haqida inglizcha gapirib berishdi. Fasllarga oid she’rlardan aytib, qo’shiqlar kuylab raqslarga tushishdi.
Tadbirda ota-onalar, maktabimiz o’quvchilari va o’qituvchilari ishtirok qildilar. Quvonarlisi ahundaki, farzandlarini ingliz tilida erkin va ravon gapira olishlaridan, qo’shiq aytib kuylashlaridan ota-onalar juda ham zavqlanib, xursand bo’ldilar. Tadbir so’ngida g’oliblar tashkilotchilar tomonidan estalik sovg’alar va fahriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Yosh avlodlarning kelajagi- biz ustozlarning qo’lida ekan, ularga bilim berishdan to’xtamaymiz va doimo qo’llab- quvvatlaymiz!
Ruxsora SHAVKATOVA,
Qo’shko’pir tumanidagi 37-umumta’lim maktabning ingliz tili fani o’qituvchisi.