MANI
Ogahiy g‘azaliga muxammas
,,Ohi zorim,mohitobonim mani’’,
Yakkam o‘zing ,shohi sultonim mani,
Mazmunimsan,umri davronim mani,
To‘tiyomsan, gavhar ,marjonim mani,
,,Lablari gul,gul bargi xandonim mani’’.
Izming bilan tushdim gardun chohina,
Aylanmishman jabr-zulim mohina,
O‘zing solg‘il to‘g‘ri yo‘lni rohina,
Dardan to‘ldim ,da`vo bergil ohima,
,,Kim to‘kar tong chashmi giryonim mani’’.
Go‘z yoshlarim daryo bo‘ldi oy-u yil,
Jonlaridan judo bo‘lmish,kuydi dil,
Dol bo‘lib qad, lol-u gumron bo‘ldi til,
Malham bo‘lib ,xastalikka tortib gil,
,,Ravshan bo‘ldi sham-i hijronim mani’’.
Mushtoq dilim bo‘glarimsan,ketma,kel,
Siniqligim,dog‘larimsan, ketma,kel,
Gulshanimsan ,bog‘larimsan,ketma,kel,
Suyanarim,tog‘larimsan, ketma,kel,
,,Ul ro‘yi ro‘ dardimga darmonim mani’’.
Ziyo kutgum, kuyuk dilni dudina,
Tavbam tutgum,tarozibon sudina,
Guli:,, shukr’’,- deydi bori- budina,
,,Ogahiy der: yetgusi maqsudina,
Ko‘yiga qo‘ygach qadam jonim mani’’
Gulasal MASHARIPOVA,
Hazorasp tumanidagi 18-umumta’lim maktabning til va adabiyot fani o’qituvchisi.