Cheksiz matonat va iroda sohibi
         Cheksiz matonat va iroda sohibi

         Cheksiz matonat va iroda sohibi

325 marta ko'rildi

Ustoz … Bu birgina so’z zamirida olam-olam ma’no bor.Qanchadan qancha mashaqqat, mehnat, sabr mujassam. Ustoz-bu so’zni kimlardir oddiy bir so’z sifatida tilga olar, lekin mening nazdimda ustoz- murabbiy bu xuddi bizning mehri daryo onamiz kabi hayot yo’limizni yaxshi yomoni-yu, tog’ri –egrisini anglashimizga yordam beruvchi zotdir. Onamiz bizga bu yorug’ dunyoni hadya etgan bo’lsa, ustoz-murabbiy esa o’sha yorug’ dunyoning sir sinoatlarini bizga beminnat o’rgatuvchi hayot bilimdonidir. Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo’yib, hali hec narsadan xabarimiz yo’q jajji paytimizda qo’limizga ilk bor qog’oz va qalam tutqazib, harf-u savod o’rgatgan, ezgulikni yovuzlikdan ajrata oladigan inson bo’lishimizga xizmat qilgan ham ustoz- murabbiydir.

Men bu so’zni eshitganimda ko’z oldimda sabr va matonati cheksiz, mehri daryo, ko’zlarida va so’zlaridan mehr ufurib turadigan, har bir o’quvchini o’z farzandiday yaqin ko’radigan jonkuyar va fidoyi inson gavdalanadi. Shunday insonlardan biri tom ma’noda menda o’qituvchilik kasbiga bo’lgan qiziqish va mehrni uyg’ota olgan, menga bilim va maslahatlar bergan, xuddi o’z farzandiday yaxshi ko’radigan ustozim Ro’zimova Nafisa Boymurotovnadir.U insonning qalbi oppoq paxtadek yumshoq, gapirgan gaplarini esa qayta va qayta eshitgingiz keladi.Ustozim o’z kasbining chinakam bilimdonidir. Ustoz siz har bir o’quvchingizga bilim bilan birga mehr, odob va axloqni ham singdirdingiz. Sizning birgina qarashingiz, xatti harakatingiz, atrofdagilar bilan muomalangizdagi samimiyat, hatto  sukutingiz ham men uchun ibratdir. Kamchiliklarimni tog’irlab, menga to’g’ri yo’lni ko’rsatganingiz, kasbimga mehr uyg’otganingiz uchun sizga tashakkur!.

Bugun esa minglab shogirdlaringiz qatori sizni izingizdan o’qituvchilik kasbini tanladim va siz bilan bir maskanda ishlashdek baxtga sazovor bo’ldim. O’zim o’qituvchi bo’ldim-u, siz chekkan zahmatlarni endi sezyapman.

Umid qilamanki, izingizdan borib,sizdek, el ardog’idagi, hamkasblar hurmatiga sazovor, o’z kasbimning chinakam fidoyisi bo’lib yetishaman.

Bergan bilimlaringiz uchun sizga ta’zimdaman aziz ustozim!

Sevara YO’LDOSHEVA .

Qo’shko’pir tumanidagi 1-umumta’lim maktabining o’zbek tili fani o’qituvchisi.  

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan