Yosh iste’dodlar
Yosh iste’dodlar

Yosh iste’dodlar

336 marta ko'rildi

Qalam va o‘chirg‘ich

Qalam agar, chizsa xato yo‘l,

Aybin yuvar o‘chirg‘ich doim.

Ajralmasa o‘chirg‘ichdek do‘st,

Bo‘lganda ham, qiyomat qoyim.

 

Bir-birini sotsa, ikki do‘st,

Yuz o‘girsa, kelganda g‘urbat.

O‘chirg‘ich va qalam misoli ,

Bo‘lolmaydi qadrdon, ulfat.

Minnat qilma

Minnat qilma, qilganlaringni,

Minnat qilma, yeganlaringni,

Minnat qilma, nima bo‘lsa ham,

Minnat qilma, berganlaringni.

Bobur

She’riyatga oshno yosh yigit,

Hindistonning sultoni, shohi!

Qo‘lda qilich, bir qo‘lda qalam,

Zir titratar olamni ohi.

 

Sher yigitning ko‘zlarida g‘am,

Vatan tomon mungli qadalgan.

Go‘yo unda katta qudrat bor,

Qalbi yurti uchun atalgan.

Daraxt

Daraxt ham insonlar kabi,

Nihol bo‘lib, voyaga yetar.

Yaproqlarin baralla yoyib,

Atrofga ko‘rk baxshida etar.

 

Daraxt ham keksayar bir kun,

Odamlarda aks etar ajin.

Daraxtdek yashamoq ham baxt,

Qadi baland, sersavlat va jim.

 

Muxlisa SHERIBBOYEVA

Shovot tumanidagi 28- umumiy o‘rta ta’lim maktabining 

7-«A» sinf o‘quvchisi «Raxshon» to‘garagi a’zosi.

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan