Mahorat darsi
Mahorat darsi

Mahorat darsi

360 marta ko'rildi

Maktab kutubxonasi va IMMB tarģibotchi xonasini har doim tadbirlar maskani desak yanlishmaymiz…

Xorazm viloyati Qòshkòpir tumanidagi 10- umumiy o’rta ta’lim maktabining faol yosh qalamkashlari va yosh kitobxonlari bilan birgalikda 31.03. 2022-yil sanasida publitsist hajvchi shoir,Mahmud Az – Zamaxshariy nashriyoti direktori Boltaboy Muhammad Qurbon ya’ni Boltaboy Matqurbonov bilan ijodiy uchrashuv tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirda B.Matqurbonov kitobning bilim manbai ekanligi, kitob oq’igan insonning manaviyati yuksak bo’lishi haqida, she’r va uning turlari, she’r yozish sir asrorlari, qofiya, janr va vazn turlari tóģrisida ma’lumotlar berdi.
Bolalar yozuvchisi X. Toxtabayev ijodi, Omon Matchon, Erkin Samandar, Matnazar Abbdulhakimov, O’tkir Xoshimovlarning ijodini mukammal o’rganishga chorladi.
She’rlari kitob holida nashr qilingan ijodkor óquvchilar òz ijodlaridan òqib berishdi.
O’quvchilar òzlarini qiziqtirgan savollariga aniq va ravshan javob oldilar va òquvchilar ijrosida badiiy adabiyot namunalaridan parchalar, raqslar namoyish qilindi, shoir qalamiga mansub she’rlar yoddan aytildi.
Mahorat darsi sòngida ustoz Boltaboy Matqurbonov ijodkor óquvchilar, ustozlar bilan birgalikda keng bilim maskanidagi maktab kutubxonasi bilan tanishib, IMMB targibotchisi olib borayotgan ishlar bilan qiziqdi va maktabda ijodga intiluvchi òquvchilarning she’rlarini eshitib, chizgan rasmlarini kórib, ularning barkamol va ma’naviyatli, saodatli bòlib òsish va tarbiyalanishlari uchun barcha sharoit muhayyo qilinganligini, umuman olganda maktabda yangi muhit shakllanganligini ta’kidlab òtdi.
Ustozlar bor mahoratlarini baģishlab ilm beryaptilarki, òquvchilarning ahloqiy tarbiyasi va ijodga mehri yaqqol namoyon bòlib turganligini, kutubxona ishlari ham kòngildagidek tashkil qilinganligini, kutubxonada óqilishi zarur asarlar borligi va yutuqlar bunday maskanda bardavom bólishini ta’kidladi.
She’riyatga oshno dillar bilan suhbat ham, she’riy daqiqalar ham davraga yiģilgan barchaga birdek ma’naviy ozuqa berdi, óquvchilar haqiqiy she’riyat, ijod shaydolari ekanliklaridan hursand bólgan ustoz B.Matqurbonov hali bu maskandan uluģ insonlar etishib chiqib, jamiyatimizning etakchi kuchga aylanishini aytib, maktab jamoasiga omad, muvaffaqiyat va saodatli kunlar tiladi.

Ozoda IBODULLAYEVA,

Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumani 10- umumta’lim maktabi IMMB targ’ibotchi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan