Bola qalbi misli oq qog’oz…
Bola qalbi misli oq qog’oz…

Bola qalbi misli oq qog’oz…

437 marta ko'rildi

*Tarbiya haqida

Bola qalbi misli oq qog’oz…

Vatan kelajagi bo’lmish bolalarga befarq bo’lmagan o’qituvchi sifatida endigina maktab ostonasiga qadam qo’yayotgan murg’akkina bolalarga ta’lim-tarbiyaning ahamiyatini ko’p yillik tajribalarimizga asoslanib quyidagi fikrlarimizni bayon qilishni istadik.

Avvalambor, bola maktabga qadam qo’yar ekan kattalar kabi fikrlashni xohlaydi. Ular maktabga kelgan zahotiyoq go’yo boshqa bir olamni kashf qiladi. O’zini kuchli ekanini ko’rsatgisi keladi. Ba’zilari uchun esa xavfsirash hissidan qutulish qiyin kechadi. Bunday kechinmalar oiladagi tarbiyadan kelib chiqadi. Biz o’qituvchilar bolani maktabga kelishidan avval ularni ota-onalari bilan suhbatlashishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu orqali o’quvchidagi хarakter xusuiyatlarni bilib olish ta’lim jarayonida qanday metodlarga yondashishimizda asqatadi.

O’quvchining har tomonlama intellektual, salohiyatli, ma’nan boy, ma’rifatga intiluvchan, hayot go’zalliklarini his eta biladigan, jismonan baquvvat bo’lib kamol topishi uchun ilk oila a’zolari qo’ysa keyinchalik uni mustahkamlashda boshlang’ich sinf muallimi kashf etadi. Har bir bolani oilasida boshlangan dunyoqarashini shakllantirish muhim rol o’ynaydi. Biz o’qituvchilar esa eng avvalo har bir bolaning qiziqishlari, fanlarni qay darajada o’zlashtirishi hamda o’quv jarayonidagi qiyinchiliklarini aniqlaymiz. Shuni aytmoqchimizki, o’z tajribalarimizga suyangan holda bola bamisoli bir oppoq qog’oz. Unga naqshkor gul chizamizmi, yo shunchaki parallel chiziqlar chizamizmi keyinchalikyuqori o’quv bosqichlarida boshlang’ich ta’limdagi olingan bilim tajribalar o’qituvchi mehnatini yaqqol yuzaga chiqaradi.Dastlab o’quvchilarga ko’hna Turon zamiridan yetishib chiqqan buyuk allomalarni bir nechtasi bilan tanishtiramiz. Chorakdan-chorakka o’tish jarayonida ulardan testlar, qisqa savol-javoblar asosida  bilimlarini sinab boriladi. Qarabsizki yil oxirlashi bilan o’quvchi buyuk bobokalonlarimiz haqida chuqur bilimlarni egallaydilar. Zero, bu bolaga dastlabki poydevor bo’ladi.

O’quvchilardagi adabiyotga, san’atga, so’z sehriga bo’lgan qiziqishlari tobora ortishi bilan maktabdagi turli tadbirlarda, sinfdan tashqari ishlarda, ma’naviyat soatlarida o’z aksini topadi. Tajribalarimizga suyangan holda sinfimizdagi barcha  o’quvchlarini iqtidorini bilish uchun olgan bilimlarini yuzaga chiqaramiz. Masalan, o’quvchilarning ayrimlarinutqlarining ravonligi va ifodaliligi, boshqalari esa topqirlik, izlanuvchanlik hamda uddaburonlik qobiliyatlari qilayotgan mehnatlarning samarasini yaqqol aks etadi.

Donolarimizda bola loy, ona muallim, me’mor degan naql bor. Biz ertangi kun egalari bo’lgan bolajonlarga qancha bilim mahoratimizni sarflab o’rgatsak shuncha mustaqil O’zbekistonimizga kerakli kadrlar, Vatan uchun jonini ayamaydigan haqiqiy fidoyilar yetishib chiqishlariga ishonamiz.A.S.Makarenko shaxsni rivojlantirish va shakllantirishda tarbiyaning hal qiluvchi rol o’ynashini ta’kidlarkan, shunday deb yozgan edi: “Men tarbiyaviy ta’sirning mutlaqo cheksiz qudratiga aminman. Men agar kishi yomon tarbiyalangan bo’lsa, faqat tarbiyachilar aybdor ekanligiga aminman. Agar bola yaxshi bo’lsa, buning uchun ham u tarbiya oldida, o’zining bolaligi oldida qarzdordir. Tarbiya shaxsni loyihalashtiradi, uni atayin va rejali tarzda yangi bosqichga ko’taradi, mo’ljallangan yo’nalishga yo’llab turadi. Shuning uchun ham tarbiya shaxsni shakllantirishning yetakchi, g’oyat chuqur va ta’sirchan omili sifatida uyushgan, yo’naltirilgan tarzda rivojlanish sifatida namoyon bo’ladi. Tarbiya bor joyda rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari bolalarning yoshi va individual xususiyatlari hisobga olinadi. Tarbiya bor joyda muhitning ijobiy ta’siri to’la quvvat bilan ishga solinadi. Tarbiya bor joyda muhitning salbiy ta’siri susaytirilib, bolalarda muhitning noqulay ta’siriga qarshi ma’naviy barqarorlik shakllantiriladi. Tarbiya bor joyda o’quvchilarga ta’sir ko’rsatuvchi barcha bo’g’inlar maktab, oila, maktabdan tashqari muassasalar jamoatchilikning birligiga va kelishuviga erishiladi. Tarbiya bor joyda bola oldinroq o’zini tarbiyalash qobiliyatiga ega bo’ladi. Ana shu subyektiv omil paydo bo’lishi bilan tarbiyaning sherigiga aylanadi. Tarbiya odamning rivojlanishini belgilaydi va ayni chog’da rivojlanishga bog’liq bo’ladi, u shu rivojlanish zamirida yuz beradi. Bola tarbiyalangan va ta’lim olgan holda rivojlanadi. Bola shaxsining shakllanishini umumiy tarzda olganda sotsiallashuv jarayoni, ya’ni individual sotsial tajribani o’zlashtirish sifatida ta’riflash mumkin. Odam sotsial muloqot va faoliyat negizida alohida sotsial psixologik sistema tusini oladi. To’la ma’nodagi shaxs qachonki, individual shaxsiy boyligiga aylangan butun sotsial -psixologik materialdan individuallikka ma’lum darajada mustaqillikka o’zini idora qilish qobiliyatiga ega bo’lgan, sotsial muhitga tanlab yondashadigan alohida tarzda uyushgan sistema shakllangan paytdan boshlanadi.O’quvchilarni mehnatda tarbiyalash to’laqonli bo’lishi uchun u bir qator shartlarga javob berishi kerak.

  1. Bola mehnatga qanchalik barvaqt jalb etilsa, uning mehnat tarbiyasi shunchalik muvaffaqiyatli o’tadi.
  2. Bolalarning mehnat faoliyati ijtimoiy ahamiyatga va chuqur g’oyaviy-ma’naviy asosga ega bo’lishi kerak.
  3. Charchash va horish hissini tug’diruvchi mehnatgina quvonch bag’ishlaydi. Na jismoniy, na aqliy, na irodaviy kuchni talab qiladigan yengil mehnat ijobiy tarbiyaviy samara ko’rsatmaydi.
  4. Kattalarning bolalar mehnatini nazorat qilishi odob doirasida bo’lishi, boladagi o’z kuchiga ishonchni qo’llab quvvatlashi kerak. Agar bola mehnat topshirig’ini bajarganidan keyin muvaffaqiyatidan quvonsa, qilgan ishi bilan faxrlansa u fuqaro sifatida kamol topib boradi, o’zini baxtiyor kishi deb his qila boshlaydi.
  5. Mehnat dam olish bilan almashtirilib turishi kerak. Mehnat turlarining navbat bilan bajarilishi ham charchoqni bosadi.
  6. Har qanday mehnat topshirig’i foydali va imkon boricha yaqqol natija bilan tugallanishi lozim. Bu natija jamiyat uchun va ishlovchining o’zi uchun qancha lik katta ahamiyatga ega bo’lsa mehnatning tarbiyaviy ta’siri shunchalik kuchli bo’ladi. A.S.Makarenko xo’jako’rsinga qilinadigan yoki bolalarning vaqtini behuda oladigan ishga qarshi qat’iy e’tiroz bildirgan edi.
  7. Unumli mehnatda bolaning shaxsiy moddiy manfaatdorligini rad etish kerak emas.

Tarbiya bolalar hayoti va faoliyatining tashkil etilishini taqozo qilar ekan, o’ynash, o’qish, bilish, mehnat qilish, sport bilan shug’ullanish, faoliyatining badiiy, texnikaviy va boshqa turlari jarayonida, ularning doimiy ravishda boyib va qayta o’zgarib borishi natijasida, odamlar bilan muloqot qilish tufayli bola faollikning oddiy ko’rinishi tariqasidagi taqlidchilikdan faoliyatning mustaqil usullariga, ijobiy faollik sari o’zinitarbiyalash sari qadam qo’yadi.

 

Yaqutjon IBODULLAYEVA,

Qo’shko’pir tumanidagi 37-umumiy o’rta ta’lim maktabining nemis tili fani o’qituvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan