Ikki nаfаr shogirdim gʼolib
Ikki nаfаr shogirdim gʼolib

Ikki nаfаr shogirdim gʼolib

426 marta ko'rildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil -26 martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini taʼminlash, faoliyati namunali yo’lga qo’yilgan umumtaʼlim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchilari ish tajribasini ommalashtirish hamda ularning mehnatini rag’batlantirish maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, O’zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamkorligida “Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha eng faol targ’ibotchi” Respublika tanlovi oʼtkazilishi rejalashtirilgan edi.

Mazkur tanlovning viloyat bosqichi doirasida 25-26 aprel kunlari har bir shahar va tumanlarda gʼoliblikni qoʼlga kiritgan ikki nafardan targʼibotchilarning faoliyati hakamlar hayʼati tomonidan koʼrib chiqildi. Eng namunali deb topilgan, yuqori ballarni qoʼlga kiritgan nomzodlar respublika bosqichiga tavsiya qilindilar va 27 aprel kuni taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi. Unga ko’ra,

1-o’rinni Ibodullayeva Ozoda, Jumaniyozova Nargiza;

2-o’rinni Xo‘jayeva Manzura, Nurullayeva Tabassum;

3-o’rinni Reyimova Rohatoy, Madaminova Nodiralar egalladilar.

Bularning ichida Ozoda Ibodullayeva Qoʼshkoʼpir tumanidagi 10-umumiy oʼrta taʼlim maktabi ijodiy madaniy masalalar boʼyicha targʼbotchisi 1-oʼrin.Tabassum Nurullayeva Urganch tumanidagi 14-umumiy oʼrta taʼlim maktabi ijodiy madaniy masalalar boʼyicha targʼbotchisi 2-oʼrin.

Yana bir bor shogirdlarni ulkan yutuq bilan tabriklayman.

Boltaboy Muhammad Qurbon,

 “Mahmud Az-Zamaxshariy”nashriyoti direktori.

 

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan