Matematika fanlarini oʻqitishning tarbiyaviy ahamiyati
Matematika fanlarini oʻqitishning tarbiyaviy ahamiyati

Matematika fanlarini oʻqitishning tarbiyaviy ahamiyati

2 064 marta ko'rildi

MATEMATIKA FANLARINI OʻQITISHNING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida matematikani oʻqitishdan koʻzlangan maqsad uning jamiyat taraqqiyoti va shaxsni shakllantirishdagi oʻrni bilan aniqlanadi. Tarixdan matematikaning : amaliy-inson produktiv faoliyati uchun zarur boʻlgan vositalarni yaratish , qoʻllashga ruhiy –inson tafakkuri bilan bogʻliq boʻlgan olamni idrok etish,oʻzgartirishga qaratilgan matematik metodlarni egallashga asoslangan qirralari shakllanib kelgan.

Matematika oʻsib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda oʻquv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. Matematik tafakkur obyektlari va ularni yasash haqida mantiqiy xulosalar chiqarish , mulohazalarni shakllantirish, asoslash va isbotlash koʻnikmalarini shakllantiradi va bu asosda mantiqiy tafakkur rivojlanadi. Matematikadan misol va masalalarni yechish jarayonida tafakkurning ijodiy va amaliy qirralari rivojlanadi.

Matematik isbotlardagi aniq, qisqa , ravon fikr yuritish , geometrik shakllarni tasavvur qilish , ulardagi simmetriya , qatʼiy qonuniyatlar asosida goʻzallikni koʻra olishga oʻrgatish orqali oʻquvchilarga estetik taʼlim-tarbiya beriladi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida matematikani oʻqitishdan koʻzlangan maqsadlar: -oʻquvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli oʻzlashtirilishiga hamda hayotga tatbiq eta olishga intilish; -oʻquvchilarga izchil mantiqiy fikrlashni shaklantirib borish natijasida ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yoʻllarini topa olishlariga koʻmaklashish. -insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib borishi asosida fanlarining oʻqitilishiga boʻlgan talablarni hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uygʻunlashtirish; -vatanparvarlik, milliy gʻururni tarkib toptirish , rivojlantirish,

matematika rivojiga qomusiy olimlarimiz qoʻshgan hissalaridan oʻquvchilarni xabardor qilish; -jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika toʻgʻrisidagi tasavvurlarini shakllantirish; -oʻquv jarayonini demokratiyalashtirish insonparvarlashtirishga erishish;

Qayd etilgan maqsadlardan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida matematika oʻqitishning asosiy vazifasi oʻquvchilarni Vatanga sadoqat , yuksak axloq , maʼnaviyat va maʼrifat , mehnatga vijdonan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash; taʼlimning insonparvar boʻlishishiga erishish; zarur boʻlgan matematik bilim, koʻnikma va malakani berish kelib chiqadi. Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni oʻqish, qiziqarli boshqotirmalar,aqlni charxlaydigan oʻyinlardan ,maxsus tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifat kunlarida turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida axlohiy,tarbiyaviy tushunchalar va xulq-odatlar paydo boʻla boshlaydi. Oʻquvchilar oʻzlari va boshqalarning xatti-harakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli maʼnaviy- tarbiyaviy mavzularda oʻtkaziladigan suhbat va munozaralarda oʻquvchini fikr yuritish, oʻylashga yoʻnaltirish muhim ahamiyatga ega.Matematik tafakkur oʻquvchilarni oʻylash, fikr yuritishga yoʻllaydi, ularda salbiy xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni oʻrganishga boʻlgan intilish va qiziqishlari tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, oʻz xatti-harakatlarini baholashga boʻlgan intilishlari va ishonch, eʼtiqodlari shakllanadi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida hozirgi davrda yoshlar oʻrtasida tobora ommaviylashib borayotgan “Zakovat”, “Intellektual ring” , “Oʻyla, izla, top!” kabi oʻyinlar ham mazmun , ham mohiyati ,ham metodik jihatdan birdek qiziqish uygʻotgan. Bu kabi oʻyinlar oʻquvchilarning matematikaga boʻlgan qiziqishini , aqliy faoliyatini ,tafakkurini rivojlantiradi. Matematikani oʻrganish oʻquvchilarning oʻz ona tillarida xatosiz soʻzlash, oʻz fikrini aniq,ravshan va loʻnda qilib bayon eta bilish malakalarini oʻzlashtirishlariga yordam berish kerak. Matematika oʻqitishning amaliy maqsadi oʻz oldiga quyidagi vazifalarni qoʻyadi:

a) matematikadan olingan nazariy bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga oʻrganadi ,ularda turli sonlar va matematik ifodalar ustida amallar bajarish malakalarini shakllantiradi.

b) oʻquvchilar matematika darslarida koʻrgazmali qurollar va jadvallardan foydalana olish malakalari tarkib toptiriladi.Oʻquvchilar matematikadan misol va masalalar yechish orqali ularda sabr qanoatga, mehnatga ,mulohazali, ogʻir- vazmin kabi xususiyatlarga ega boʻladi. Oʻquvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobini shakllantirish metodlaridan mashqlantirish, oʻrgatish, pedagogik talab qoʻyish jamoa fikrini hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa metodlardan foydalanish samarali natijalar beradi

Shoxsanam RUZMETOVA,

Urganch shahridagi 93- Sanatoriya turidagi skolioz va unga turdosh kasalliklari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan Davlat maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan