2022-yil 21-sentabr kuni Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i Xамро Bektemirov maktabimizga tashrif buyurdi. X. Bektemirov maktabda ta’lim- tarbiya jarayonini ko’zdan kechirar ekan, har bir xodimga tegishli bo’lgan tavsiyalar berib, mavjud bo’lgan kamchiliklarni bartaraf qilish lozimligjni uqtirdi. Tanaffus paytida tashqarida o’quvchilarni bag’riga bosib suhbatlashar ekan, otalarcha yuksak mehr-muhabbat bilan ularning kelajakdagi orzulari hususida suhbatlashdi. Maktabimizning 11-sinf o’quvchilarining dars jarayonlari bilan tanishib, «Buyuk maqsadlar sari dadil qadam» mavzusida o’quchilar bilan o’zaro fikr almashdilar. Ilm inson hayotida muhim ahamoyat kasb etishi to’g’risida qayta-qayta uqdirdilar.
Boshqarma boshligi X.Bektemirov oʼvuvchilar bilan samimiy suhbatlasharkan, Аl-Xorazmiy, Аl Beruniy, Ogahiy, Najmiddin Qubro, Аz-Zamaxshariy, Jaloliddin Manguberdilar izdoshlarisiz. Buyuk alloma va maʼrifatparvar, vatanparvar ajdodlarimizdan munosib vorislar boʼlib yetishishlaringizni chin dildan istayman, deb eʼtirof etdi. Oʼquvchi va oʼqituvchilar mehmonning tashrifidan mamnun boʼldilar.
Marhabo BEKCHONOVA,
Shovot tumanidagi 46-umumiy oʼrta taʼlim maktabining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari.