Telefonmi yoki kitob?
Telefonmi yoki kitob?

Telefonmi yoki kitob?

2 114 marta ko'rildi

HAYOT QALAMI

Har kimning oʻz dunyoqarashi boʻladi.Albatta, bunda orzular va armonlar bor.Inson hayot qalamida oʻz yoʻnalishini chizar ekan, bu chiziqni toʻgʻri yoki egriligi va bu chiziq qayerlarga boshlashi uning oʻziga bogʻliq.Hayot qalami faqat oldinga intiladi, oldinga chizadi,orqada esa oʻtmish qoladi.Agar qalam egri yoʻllarga burilgan boʻlsa, keyinchalik,ular armonga, toʻgʻri yoʻnalishda ketayotgan boʻlsa, ular shirin xotiralarga aylanadi. Balki sen, oddiy qalamda notoʻgʻri chiziqni oʻchira olarsan, ammo hayot qalamida egri ketgan yoʻnalishni oʻchira olmaysan. Chunki bu sening qismating.

TELEFONMI YOK I KITOB?

Hozirgi kunda texnika rivojlangan.Shu sababli7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan odamlarning deyarli koʻpchiligining qo’lida telefon. Bu esa yoshlar oʻrtasida juda koʻp kelishmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa voyaga yetmagan yoshlar oʻrtasida. Yaxshi soʻz ham, yomon soʻz ham bir ogʻizdan chiqadi. Yoshlar birovning koʻnglini ogʻritish bu yoqda tursin, hattoki arzimagan sabablar bilan bir-biriga jismoniy va ruhiy tarafdan aziyat yetkazishyapti, jinoyatga aralashib qolishyapti. Ular turfa oʻyinlar orqali oʻzgalarga aziyat yetkazishmoqda. Yosh bolalar, hattoki, birovning qotili boʻlib qolmoqdalar. Qotillik sabablari ham arzimagan narsalar.  Xoʻsh bolalar jinoyatga aralashib qolmasliklari uchun nima qilish kerak? Eng avvalo, ularning qoʻliga telefon emas, kitob berish zarur, chunki kitob bilimlar xazinasini ochuvchi kalitdir. Shuning uchun biz koʻp-koʻp kitob oʻqishimiz lozim. Kitob oʻqigan odam hech qachon jinoyatga qoʻl urmaydi.

Sevinchoy SATTAROVA,

Xonqa tumanidagi 3- umumiy oʻrta taʼlim maktabining

9- sinf oʻquvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan