“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!”
“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!”

“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!”

278 marta ko'rildi

Xorazmlik ta’lim sohasi xodimlari ishtirokida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Yurtdoshlarimizning o‘zaro tashabbuslari hamda keng jamoatchilik vakillarining takliflari asosida yangilanayotgan Bosh Qomusimizning mazmun-mohiyati va ta’lim sohasiga doir boshqa muhim o‘zgartirishlar tahliliga bag‘ishlangan ushbu tadbirda hududdagi 1600 nafarga yaqin maktab direktori va o‘qituvchilar ishtirok etishdi.Tadbirda viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan elimiz ardog‘idagi san’atkorlar ishtirokida madaniy-ma’rifiy chiqishlar ham tashkil etildi.Unda Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, ta’lim rivojiga doir muhim jihatlar xususida ma’lumot berildi.

Qayd etilganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyiha matnining 50- va 52-moddalarida maktab  va maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qator huquqiy asoslar keltirib o‘tilgan. Mazkur huquqiy o‘zgartirishlarning soha rivojidagi o‘rni xususida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan