Nazm gulshani
Nazm gulshani

Nazm gulshani

266 marta ko'rildi

OYBEK MUHAMMADIYEV IJODIDAN

 

Asli seni sevgan men yomon,

Kelmaysan yonimga hamon,

Nima bo’lsa ham bo’l omon,

Boraqol o’sha yaxshi tomon.

***

Sevgimni  uloqtirdim  tubsiz jarlik qariga,

Qo’l  siltayman o’tgan damlarning bariga.

Sevmagin – deb to’g’ri aytgan ekanlar,

Shukr qilaman sensiz kunlarning boriga.

***

Qattiq  og’riyapti-ku  bu yurak,

Aynan senga shu ekan-ku kerak.

G’am-g’ussalarga ko’rdingmi ravo,

Nima qilay sensiz yetmayapti havo.

***

Sensiz kunlarning biri boshlandi yana,

Kelib xolimni ko’r bir bor mana.

Sensiz kunlar kerakmas menga,

Sevishimni necha bor aytay senga.

***

Kesib olsang  biror joyingni ketar tuzalib,

Qalbinga bersalar jarohat bo’larsan tamom.

Vaqt deydilar hammasiga berar taskin,

O’tib ketmayapdi-ku bu og’riqlar hamon.

***

Bekat   (O’kinchim)

O’ziga chorlar yana sog’inch bekati,

Yurakda uni men bilan qurgan suhbati.

Yolg’on ekan menga bo’lgan muhabbati,

Meni ezadi sevgi degan  la’nati.

 

Sensiz ko’zimga uyqu kelmas kechalar,

Seni axtarib o’tdim necha ko’chalar.

Yuragim sevgidan xo’rsinib kuy chalar,

Qo’lda qolgandi senga olgan g’unchalar.

 

Alamdan chekishni qara men boshlayman,

Qayerda qildim xato boshim qashlayman.

Endi sevgini qara butkul tashlayman,

Iztirobda yonib mayus ko’zim yoshlayman.

Beshavqat baxt

Menga kerakmas oltin taxt,

Seni kutyapman shirin baxt.

Hamon o’tmayapti og’ir dard,

Ezib yubordi  beshavqat baxt.

 

Ota-onam doim mendan umidvor,

Iltimos yuragim, qilmagin ohu-zor.

Haligacha qalbimda o’kinchim bor,

Jondan o’tib ketdi bu  beshavqat baxt.

Nega qildim men uni orzu,

Faqat chiroyli so’z ekan u.

Lek ayrilsang halovat yo’q-u,

Azobli ekan,  beshavqat baxt.

Faqat o’tgan kunlarni eslayman,

O’sha onga qaytishni so’rayman.

Lek endi hech qachon sevmayman,

Bo’g’zimga keldi,  beshavqat baxt.

Qaytmas endi “O’tkan kunlar” ,

Hech ham bo’lmas “Ochiq eshiklar” ,

Faqat o’chmas “Chin muhabbat” ,

Ado qilar ekan  beshavqat baxt.

***

Tig’ tekkizmagin  qoshingga,

Yarashmaydi 16 yoshingga.

Bu bir o’tkinchi chiroy,

Qalbing bo’lsin oppoq oy.

 

Bu senga ota-onangdan meros,

Qancha maqtama bu baribir oz.

Yangi oy kabisan chaqaloq misol,

Oqib turgan tip-tiniq xuddi zilol.

 

 

MUHAMMADIYEV OYBEK,

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali  Akademik litseyi 2-kurs tolibi.

 

 

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan