DAVRA SUHBATI
Shovot tumani xotin-qizlar masalalari bo’yicha tuman hokimi o’rinbosari S.Jumaniyazova, tuman maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tashkilotlarida tarbiyaviy masalalar bo’yicha bosh mutaxassis K.Bekchanova hamda Shovot tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektorI X.Shomuradovalar bugun maktabimiz o’quvchilari bilan davra suhbati o’tkazishdi. Tevarak- atrof obodonlashtirish ishlari to’g’rosida ijobiy fikr bildirdilar.
Shovot tumani xotin-qizlar masalalari bo’yicha hokim o’rinbosari S.Jumaniyazova maktabimizning 8-11-sinf qizlari bilan suhbatlashish davomida bugungi qizlarimiz qanday bo’lmog’i, qiz bolaning jamiyatimizda tutgan o’rni haqida hayotiy misollar aaosida ma’lumotlar berdi. Qiz bolanig ilm-fanga bo’lgan qiziqishi jamiyatimiz rivojiga qo’shgan ulkan hissasi ekanligi va ilm egalash yo’lida yanada olg’a qadamlar tashlab , buyuk maqsadlar sari izlanishdan to’xtamasliklari to’g’risida to’lqinlanib gapirdi. Shuningdek Shovot tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori X.Shomuradova ham qiz bolaning ibo-hayosi, , so’zlashish odobi, kiyinish madaniyati to’g’risida batafsil ma’lumotlar berib, qizlarimizni hayotda adashib , boshi berk ko’chalarga kirib qolishga undovchi sabablardan hamisha ogoh bo’lib yashashga undadi. Qiz bolaning go’zalligi uning ibo-hayosi ekanligini qayta-qayta uqtirdi.
Darhaqiqat , jamiyatimizning ertangi kelajagi bo’lgan qizlarimizning tarbiyasida barchamiz birdek mas’ul ekanligimizni his qilib yashamog’imiz lozim.
M.BEKCHONOVA,
Shovot tumanidagi 46-umumiy o’tra ta’lium maktabining MMIBD o’rinboasri.