Omаd yor boʼlаversin,E’zozа!
Omаd yor boʼlаversin,E’zozа!

Omаd yor boʼlаversin,E’zozа!

349 marta ko'rildi

Eʼzoza Qadamova hali bu yil birinchi sinfga qadam qoʼydi. Аmmo baʼzi bir oʼquvchilar oʼn bir yilda qoʼlga kirita olmagan yutuqlarga erishdi va erishyapti desak ayni haqiqat.  Sababi Eʼzozaxon mental arifmetikasi boʼyicha Respublikamizdagi va xorijdaga nufuzli olimpiada va tanlovlarda ishtirok etib birinchi oʼrinlari egallab kelyotir.

Xoʼsh yetti yoshli bu qiz shunday koʼplab muvaffaqiyatlarga qanday erishdi? Oilasida ota-onasi matematikmi?  Yoki boshqa sabablari bormi?

Eʼzoza 5 yasharligida qishloqdagi “Yulduzcha” bolalar bogʼchasida tarbiyalandi .Undagi  iqtidorni payqagan ustozi Munojat Ismoilova uni mental arfimetikasi boʼyicha tayyorlay boshlaydi.

Zehni oʼtkir qiz ustozining barcha bergan saboqlarini qunt bilan oʼrganadi. Natija yomon boʼlmadi. Bogʼchada payti uni mental arifmetikasi boʼyicha oʼtkazilgan kichik olmpadalarda qatnashib tengdoshlar oʼrtasida tengsiz ekanligini namoyish etadi.

Bu yil birinchi sinfga qadam qoʼygan Eʼzoza Qadamovga Xorazm viloyati Qoʼshkoʼpir tumanidagi 34-umumiy oʼrta taʼlim maktabining boshlangʼich sinf oʼqituvchisi Nafisa Kenjaeva katta eʼtibor qaratadi. Iqtidorli qiz Toshkentda va Qozogʼistonda oʼtkazilgan nufuzli musabaqalarda ishtirok etib oliy va birinchi oʼrinlarga sazovor boʼladi.

Jumladan Toshkent shahrida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʼtkazilgan mental arifmetikachilar olimpiadasida birinchi oʼringa loyiq topiladi va diplom va estalik sovgʼalar bilan mukofotlandi.Toshkent shahridagi Muhammad Аl-Xorazmiy nomidagi TАTU akademik litseyida oʼtkazilgan mental arfimetika boʼyicha viloyatlararo respublika ochiq olimpadasida oʼzining inteliktual salohiyatini namoyish etganligi uchun birinchi oʼringa loyiq koʼriladi.Toshkent politexnika muzeyi va “Xumo” oʼquv markazi xamkorligida oʼtkazilgan mental arifmetikachilarning Respublika ochiq olimpadasida oliy oʼringa sazovor koʼriladi va sertifikat bilan taqdirlanadi. Qozogʼistonda oʼtkazilgan mental arfimetikachilar musabaqasida 2- oʼrinni egallaydi.

Yetti yashar Eʼzozada bunday mukofotlarning soni koʼp. Kuboklar,medallar shodasi,diplom va sertifikatlar.

Shu yerda yuqoridagi ayrim savollarimizga javob olib ketsak.

Eʼzozani buvijonisi Gavharjon opa Zaripova salkam 40 yil yosh avlodga ona tili va adabiyot fanidan saboq berib kelgan.Qishloqda hurmat va eʼtiborga loyiq inson. Oilada nevaralarini oʼqishiga katta eʼtibor qaratadi. Balki Eʼzozadagi iqtidor va qobiliyat ham shu eʼtiborning hosilasiemasmikan.Oila va maktab hamkor boʼlsa albatta farzandlarimiz bunday yutuqlarga erishaveradi.

Eʼzoza Qadamovaga kelgusi koʼrik-tanlov va olimpiadalarda yuqori oʼrinlarni egallashiga omadlar tilab qolamiz.

Boltaboy Matqurbonov,jurnalist.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan