Xalq ta’limi tizimida o ‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari: Muammo va ularning yechimlari
Xalq ta’limi tizimida o ‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari: Muammo va ularning yechimlari

Xalq ta’limi tizimida o ‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari: Muammo va ularning yechimlari

346 marta ko'rildi

Ta’lim tizimida yosh avlodga ta’lim ta’lim tarbiya berish jarayonida ularning psixologik holatlari va yosh xususiyatlarini inobatga olib, har bir o‘quvchiga individual yondashish talab etiladi.

O‘quvchilardagi jahldorlik, ruhiy o‘zgarishlar,talim va tarbiyasidagi salbiy og’ishlarni yakka suhbat va psixodiagnostik usullar orqali aniqlash mumkin.Shunday o‘quvchilar ko‘pincha o‘zini yolg’iz his qiladilar va o‘zlarini hech kimga kerak emasman deb o‘ylaydilar. Buning sababi esa ko‘pincha oiladagi va maktabdagi shaxslararo munosabatlarda ko ‘rinadi. Bunday vaziyatda faqat o‘quvchilar bilan emas, balki ularning ota-onasi va o‘qituvchilari bilan ishlash ta’lim muassasalari psixologlarining vazifasidir. Chunki ota-onalar va o‘qituvchilar o‘quvchilarning hayotida har tomonlama to‘g’ri  tarbiya olishga ta’sir qiluvchi yaqin insondir.Yakka suhbatda o‘quvchilarni orzusi, qiziqishlari, do‘stlari,  yaxshi ko‘rgan fanlari, qaysi to‘garaklarga borishlarini va oiladagilar bilan munosabatlarini aniqlash mumkin.

Hozirda ko‘p oilalarda ota-onalar va bolalar o‘rtasida munosabatlar yomonlashib boryapti. Chunki ko‘pchilik ota-onalar ishlaydi, bolasi bilan o‘tirib samimiy gaplashishga vaqti yo‘q. Agar ota-ona farzandi orqasidan shikoyat eshitib qolsa, unga baqirib urishib tashlaydilar. Bu esa bolalarga har xil ta’sir ko ‘rsatadi. Har doim ota-onasi tomonidan tanbeh eshitadigan bolalar qaysar, urishqoq, yomon xulq-atvorli, pand-nasihat ta’sir qilmaydigan yoki hech kimga qo ‘shilmaydigan tushkun holatga kelib qoladilar.Bunday holatlarda esa aksariyat ota-onalar psixologga murojaat qilishadi. Psixolog  esa o‘z navbatida ota-onalarga zarur tavsiyalarni berishi maqsadga muvofiq. Jumladan, bolalarni darrov urishib, tanbeh bermasdan, uning bu xulq-atvorining sababini aniqlash, uni boshqa bolalarga taqqoslamaslik, uning o‘zgachaligini, qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilish, dars tayyorlashlariga e’tiborli bo ‘lish, tushunmagan mavzularini birovlardan so ‘rab bo‘lsa ham tushuntirishga harakat qilish, ularning kun tartibini to‘gri tashkil qilish, ya’ni kun tartibida dars tayyorlash, dam olish, ovqatlanish, sayr qilish va uy yumushlariga ham vaqtini taqsimlash lozim. Bolaning xulqidagi o ‘zgarish ota-onaning unga bo ‘lgan muomalasiga qarab o ‘zgaradi. Qalbidagi hissiyotlarini, fikru-mulohazalarini ifoda qilish uchun farzandingizga imkon bering. “Menga gap qaytaryapti” deya jahlingiz chiqmasin. Bolani tushinishning eng ma’qul yo ‘li unga yaxshi niyat bilan, ya’ni, urishib jerkish bilan emas, muloyim muomila ilinjida yaqinlashishdir.

Bitta suhbat davomida bir necha muammoni hal qilishga chog‘lanmang! Har-bir masalani alohida-alohida hal qiling.

Farzandingizga to ‘g‘ri bilim bering.  Bolaga xatolarini aytish bilan kifoyalanish yaramaydi. Agar farzandga aytilganlarini u bilan birga bajarib, uni olqishlab qo ‘yilsa, ko ‘zlagan natijaga erishish mumkin.

Farzandingizni tinglay biling! Shu tariqa uning muammolaridan, his-tuyg‘ularidan xabardor bo ‘lasiz. Uni yomon holatga tushirgan voqeadan so ‘ng xulosa chiqarishga, saboq olishga ko ‘maklashing. O ‘sha damda  uni koyimang, ma’ruza o ‘qimang. Agar lozim bo ‘lsa, oradan biroz vaqt o ‘tib, hissiyotlar sovigandan keyin tushuntirishingiz mumkin. Bolangizni dushmaningizga aylantirishni xohlamasangiz, biror muvaffaqiyatsizlikdan keyin “Ana, aytmaganmidim?!” degan gapdan saqlaning. Unga baqirmasdan, qizishmay haqsizlikka qarshi chiqishni o ‘rgating.

Farzandingizni tinglayotib uning chehrasiga boqing, boladan gina qilmang, faqat “Buni sendan kutmagandim” desangiz kifoya.

Farzandingizning biron xatti-xarakati sizga yoqqanda, buni unga bildirib qo ‘ying.

Unutmang: farzandingiz sizni o ‘ziga idial deb bilsa, shundagina unga o ‘zingiz istagan narsani singdira olasiz!. O ‘g‘il-qizlaringizni har qanday holatda rost so ‘zlashga, hatto hazil tariqasida ham yolg‘on gapirmaslikka, va’daga vafo qilishga o ‘rgating. O ‘zingiz ularga biron narsaga vada qilsangiz, olib bering.                       Psixologlar fikricha: Farzandingiz yolg‘on gapirayaptimi? Demak, siz uni qattiq nazorat ostiga  olgansiz!

Farzandingiz o ‘ziga ishonmayaptimi? Demak, siz uni ruhlantirmas ekansiz?

Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi? Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz!

Farzandingiz o ‘g‘irlik qilyaptimi? Demak, siz unga sovg‘a-salom bermayotgan ekansiz!

Farzandingiz qo ‘rqoqmi? Demak, siz uni ko ‘p himoya qilarkansiz!.

Farzand go ‘yo oq qog‘ozga o ‘xshaydi. Uni yaxsh yozuvlar bilan ustozning vazifasidir.

Urib-so ‘kib tarbiyalash. Farzand noto ‘g‘ri ish qilganida tanbeh berish,urish-so ‘kishdan ko ‘ra yaxshi ko ‘rgan narsalaridan mahrum qilish, gapirmaslik samarali bo ‘ladi.

Chiroyli tarbiya berish ota-onaning farzandi oldidagi burchlaridandir.Bu haqda ado etish o ‘z-o ‘zidan bo ‘lmaydi, insondan katta mas’uliyat,masshaqqat talab qiladi.

Bola tarbiyasiga eng birinchi navbatda ota-ona javob beradi. Ular bolalarini zarur mashg‘ulotlar bilan band qilishi kerak. Bola ongi bo ‘sh turmaydi. Uydagi tarbiya bolani qoniqtirmasa, ko ‘chaga intiladi, o ‘zi bilmagan holda boshqa dunyo komiga kira boshlaydi. O ‘tgan bobolarimiz  bola xulqining buzilishiga ko ‘pincha ota-ona aniq maqsadi yo ‘qligi; 1.Bola go ‘daklik davridanoq tarbiya uslublarini yo ‘lga qo ‘ymaslik, bola tarbiyalashni bilmaslik, bola tarbiyalashni bilmaslik.                             2.Moddiy ta’minotni haddan oshirib yuborish yoki umuman ta’minlamaslik. 3.Bolaning ta’lim olishdan maqsadi yo ‘qligi yoki darslarni o ‘zlashtirolmasligi, maktabga ota-ona majburlashi bilan borishi.  4. Bolaning ota-onadan qoniqmasligi. 5.Ota-onadan mehr ko ‘rmay, boshqalardan shirin so ‘zlar eshitishi. 6. Ishlarni faqat chaqqon bolaga yuklab, qolganlarga beparvo bo ‘lishi.

“Qush uyasida ko ‘rganini qiladi”, deydi xalqimiz. Ota-ona farzandiga yolg‘on gapirma, deb turib o ‘zi aldasa, ichma –chekma,deb o ‘zi cheksa, birovning haqqiga xiyonat qilma deb o ‘zi yulg‘ich poraxo ‘r bo ‘lsa bunday ota-onaning tarbiyalagan farzandi noqobil bo ‘ladi. Chunki bilganiga amal qilmaydigan ota-ona og‘zidan chiqayotgan gap bolaga ta’sir qilmaydi. Har-bir uyda oila majlisi qilinishi kerak. Oila majlisi eng kichik bolaga ham tegishli. Unda oilaning hamma a’zolari qatnashadi. Kechasi 15-20 daqiqalik majlis o ‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Unda kun tartibi ko ‘rib chiqiladi yoki hamma tushunadigan biron kitob ovoz chiqarib o ‘qiladi. Oila majlisida hamma gapirishi, fikrini erkin bayon etishi kerak. Shunda oilada jasur, o ‘z qarashini aniq ifoda qiladigan insonlar ulg‘ayadi. Ota-onalar ham farzandlari hayotini qadam-baqadam kuzatib, ularni bilan yaqindan muloqat qiladilar, xato-kamchiliklarni tuzatadilar,yechimini kutib turgan muammolarni hal etadilar. Oila majlisi -juda muhim. Zero, oila majlisini qurgan xonadon yaxshi avlodni voyaga yetkazadi, ongli insonlar o ‘chog‘iga aylanadi.

Imon-e’tiqod insonni baxtli qiluvchi asosiy omildir. Zero, Parvardigorini tanigan, Unga itoat etgan bandagina ikki dunyo saodatiga erishadi.

Inson qalbi imon bilan tirik. Allohga ishongan insonning dili pok, vijdoni uyg‘oq bo ‘ladi.

O ‘zbekiston xalq yozuvchisi, atoqli adib O ‘tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari” kitobida shunday hikoya qiladi: Otamning jahli yomon edi. Badjahl bo ‘lib aka-ukalardan birontamizni chertgan emas. Biroq onam: Hoy ehtiyot bo ‘l, adangning jahllari yomon”, shunchalik uqtirib qo ‘yganki, otamizni ko ‘rishimiz bilan hammamiz yuvvosh tortib qolardik. Hikoyadagi bu jumlalarda ham  tarbiyaviy ahamiyat kuchlidir. Bolalarni tarbiyalashda kitob eng foydali manbadir. Yaqin-yaqingacha

o ‘zbek xonadonlarida uzun qish kechalarida xira chiroq yorug‘ida  kitobxonlik qilinganini biz qadimgi filmlardan tomosha qilishimiz mumkin xolos. Hozir biron kishidan: “Ayni paytda qanday kitob o ‘qiyabsiz?” deb so ‘rasangiz, javob ham tayyor:

-Kitob o ‘qishga vaqt qayoqda diysiz.

-Kitob o ‘qishni yaxshi ko ‘raman, ammo vaqt topolmayapman.

Bir narsani yodda tutaylik: kitob o ‘qimagan xalq johillikka mahkumdir.  Kitob o ‘qimagan, ilmga intilmagan, ruhiyatini boyitishga loqayt qaragan  millat farzandlari o ‘zligini, erkini, madaniyatini boy berishi muqarrar! Ana shunday kulfatlar boshimizga kelmay turib kitob o ‘qiylik, kitobni qadrlaylik, bolalarimizni kitobga muhabbat uyg‘otaylik.

Demak, bola tarbiyasi uchun qilingan har-bir harakat savobsiz qolmas ekan. Bolaning boshini silashda odamning o ‘zi rohat topadi. Qizlarga alohida hurmat va mehr bilan munosabatda bo ‘lish haqida hadislarda ham ko ‘p marotaba keltirib o ‘tilgan. Chunki qizlar mehrga muhtoj, o ‘zlari ojiza bo ‘lishadi. Shu bois ular tarbiyasida e’tibor, mehr-muhabbat va ehtiyotkorlik ko ‘proq zarur bo ‘ladi.

Bolalar orasida adolat qilish ham ota-onaning vazifasi va bolalarning haqqidir.

Mana bu haqiqatlarni ham juda yaxshi anglab olishimiz kerak. Bolalarimizga qiladigan katta-kichik muomalarimizda adolatli bo ‘lishimiz, hattoki, ularni o ‘pish yoki quchog‘imizga olishda ham bu haqiqatni unitmasligimiz lozim.

Chiroyli tarbiya berish ota-onaning farzandi oldidagi burchlaridandir.Bu haqda ado etish o ‘z-o ‘zidan bo ‘lmaydi, insondan katta mas’uliyat,masshaqqat talab qiladi.

Bola tarbiyasiga eng birinchi navbatda ota-ona javob beradi. Ular bolalarini zarur mashg‘ulotlar bilan band qilishi kerak. Bola ongi bo ‘sh turmaydi.  Odatda onalar bolalarini gaplariga kirgiza olmasalar, aldashga o ‘tadilar. Aslida esa shu ishlari bilan bolalarning tarbiyasiga zarar yetkazayotgan, ularga yomon namuna ko ‘rsatayotgan bo ‘ladilar. Har-bir bola uchun uning ota-onasi idial bo ‘lishi tarbiyani to ‘g‘ri bera olishi zarur.   O ‘quvchilar bilan emas, balki ularning ota-onasi va

o ‘qituvchilari bilan ishlash ta’lim muassasalari psixologlarining vazifasidir. Chunki ota-onalar va o ‘qituvchilar o ‘quvchilarning hayotida har tomonlama to ‘g’ri  tarbiya olishga ta’sir qiluvchi yaqin insondir. Oilalarimizning mustahkamligi, baxtiyorligi barchamiz uchun zarurdir.

Sevara YO‘LDOSHYEVA,

Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 33-IDUMning psixologi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan