BOSHLANG’ICH SINFDA ULUG ‘BEK HAMDAMNING
“VATAN DESAM “ SHE’RINI O ‘RGANISH
Ma’lumki she’r ohang jihatdan ma’lum bir tartibga solingan ,his-tuyg ‘u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ma’lum bir tartibga solish vositalari ritm va qofiya hisoblanadi.She’ rni o ‘qiganda kichik yoshdagi o ‘quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarning poetik tasvirdan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega.Odatda lirik she’rlarda shoirning ichki kechinmalari bilan birga tabiat ko ‘rinishi ham ifoda etiladi, shuning uchun she’rdagi peysaj tasvirini o‘rganish ham alohida o ‘rin tutadi.
Biz Ulug ‘bek Hamdamning “Vatan desam “she’rini o ‘rganish jarayonida ,shoirning Vatanga bo ‘lgan cheksiz muhabbati ,jannatmakon o‘lkamizning musaffo osmoni porlab turishi va quyoshimiz charaqlab nur taratishi ,bunday yurtni hech qayerdan topa olmasligimizni alohida ta’kidlab o‘tadi.
Vatan desam ko ‘zimga,
Qatra-qatra yosh kelar.
Yosh ichida miltirab,
Buyuk bir bardosh kelar.
Darhaqiqat,dunyoda yurtlar ko’p ,turli xalqlar yashaydi .Biroq har bir odam bolasining aziz bilgan tuprog‘i bor .Bu esa tug ‘ilib o‘sgan joyi, o‘z Vatanidir.Bizning vatanimiz esa –jonalon O ‘zbekiston! Biz mana shu aziz zamin farzanlarimiz. Biz ulug‘ bobolarimizdan meros bu azim tuproqning har zarrasini ko ‘zga surtamiz, muqaddas hisoblaymiz!
Darsimiz qiziqarli bo ‘lib tashkil qilindi ,chunki o‘quvchilarga oldinda she‘rni yod olish va tahlil qilish aytilgan edi . Barcha o‘quvchilar faol qatnashdilar. Jumladan she’rni ifodali o‘qishda O‘g ‘iloy Polvonova , Javohir Rajabov, Shohjaxon Qadamov, Jasmina Otaboyeva , Shahlo Karimovalar faol qatnashdilar . Savol va toshiriqlarga Sarvarbek Bahodirov, Rustamboy Rustamov, Yovbosar Tojiyev, Umriniso To’ rayevalar javob berdilar. Dars o’quvchilarning to’la faolligida o’tkazildi.
Gavharoy ALLANAZAROVA,
Xiva tumanidagi 39- umumiy o’rta ta’lim maktabining
boshlang ‘ich ta’lim fani o ‘qituvchisi.