QUVNOQ MATEMATIKA
QUVNOQ MATEMATIKA

QUVNOQ MATEMATIKA

633 marta ko'rildi

Ma’lumki o’quv yilining har bir oyi bitta fanga ajratilgan bo’lib, shu fan oyligida sinfdan tashqari tadbirlar, kechalar ochiq dars mashg’ulotlari bahs va munozaralar o’tkazilib boriladi.2021-yil sentabr  oyi ’’Boshlang ‘ich ta’lim  fani oyligi” hisoblanib, maktabimizda ham turli xil tadbirlar tashkil etildi. Bugungi tadbirda maktabning 2’’A’’va 2’’B’’- sinf o’quvchilari o’rtasida  quvnoq matematik viktorina, ya’ni, savol-javob kechasini o’tkazish uchun to’planganmiz. Fursatdan foydalanib bu kechada har ikkala sinf o’quvchilariga omad tilab qolamiz.

Ming yillar basharga ko’makdosh-dastyor,

Ajdodlar mushkilin oson etgan fan.

Tabiat sirlarni kashf etar bisyor,

Yetti iqlimda teng tanlamas Vatan.

Me’morlikda bilsang usiz ko’p qiyin,

Agronomlar uchun dasturul-amal.

Texnik fanlar ichra o’rinidir tayin,

Injiner har ishda qiladi amal.

Koinot safari usiz xom xayol,

Ayting, bu xislatlar qaysi fanda bor?

Do’stlar, bundayin xislatga ega,

Yagona fan erur – matematika.

Endi viktorina bellashuvini o’tkazish tartibi bilan tanishtiraman. Mana stolda 2’’A’’va 2’’B’’- sinf jurnali bo’yicha raqami va ism-familiyasi yozilgan. Kartochkalar qo’yilgan. O’rtada esa 20-ta savol raqamlari qo’yijgan. Bellashuv tartibi quyidagicha: yordamchi o’quvchimiz Ahmedova Maftunani davraga taklif etamiz. Maftuna o’quvchilar va misol raqamlarini tanlaydi. Masalan:2’’A’’ va 2’’B’’-sinfdan tanlangan o’quvchilarga misol raqamlaridan ikkitasini tanlab topshiradi. O’quvchilar tanlangan misol yoki masalani sinfiga ajratilgan doskada yozib tayyorlashadi va izohlab berishadi.Hakamlar hay’ati esa ularning javoblarini baholab boradilar. Bugungi kechamizning 2-sharti esa quyidagicha: savol-javoblar orasida siz aziz barcha o’quvchilarga matematika fani bo’yicha qiziqarli savollar va jumboqlar beriladi. Eng faol o’quvchilar aniqlanadi va taqdirlanadi. 3-shart “O‘yla,izla,top “o yini ,4-shart “Davom ettir “o ‘yini 5-shart “Sardorlar bellashuvi “ dan iborat.

Ushbu bellashuv o’quvchilarning to’la faolligida bo’lib o’tdi.Do’stlik g’alaba qildi. 2’’A’’-singdan Gulhayo To’rayeva,Artur Vafayev,Muslimbek Otaboyev,Artur Quvondiqov, Zarina Artiqova, Asaloy Ko’palova, 2’’B’’- sinfdan Go’zaloy Bahodirova, Shoxruh Olimboyev,Parvozbek Botirov,Shodiya Ollomova, Sanjarbek Shavkatov kabi o’quvchilar savol-javob bahslarida faollik ko’rsatdilar.

Fan oyligi doirasida o’tkazilgan qiziqarli tadbir uchun maktab rahbariyati hakamlar hay’atiga, 2’’A’’ va 2’’B’’- sinf o’quvchilariga, sinf rahbarlariga va fan o’qituvchilariga minnatdorchilik bildirishdi. Faol o’quvchilar «Tashakkurnomalar» bilan taqdirlanishdi.

               Anorjon JUMANIYOZOVA,

               Sumbuloy MADRIMOVA, 

             Xiva tumanidagi 39- umumiy o ‘rta ta’lim maktabining boshlang ‘ich sinf o ‘qituvchilari.

 

 

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan