Bir necha yil oldin ikkita do’st yashagan ekan. Birining ismi Muhammad, ikkinchisining ismi Maxmud ekan. Muhammad juda aqlli, bilimli, odobli bola ekan. Bo’sh vaqtlarida kitob o’qishni yaxshi ko’rar, ota-onasiga yordamlashar edi. Ota-onasi ham uni qo’llab quvvatlar, unga sharoit yaratib berar edilar.Bir kuni Muhammad do’stiga aytdi:
-Nimaga sen kitoblarni yaxshi ko’rmaysan, vaqtida darsingni qilmaysan, hamisha ustozlardan dakki eshitasan? Shunda Maxmud Muhammadga:
-Ota- onam hamisha menga o’qib kim bo’lar eding, olim bo’larmiding, deyishadi. Ularning bu so’zlarini eshitaverib o’qishdan ko’nglim sovib ketgan. Shunda Muhammad aytdi:
-Kel do’stim, kun ora biznikiga kelib tursang birgalikda dars tayyorlaymiz. Maxmud ham rozi bo’libdi va uyiga ketdi. Uyiga borib ota-onasidan ruxsat so’ragan edi, ular ruxsat bermishmabdi. Biz senga avval ham aytganmiz, bizga o’qishing kerak emas deyishdi. Shunda Maxmud xafa bo’ldi va yana o’qimasdan vaqtni bekor o’tkazibdi. Ikki do’st ulg’ayibdi. Muhammad hamma fandan yaxshi o’qigani uchun harbiy bo’ldi va Vataniga xizmat qildi. Maxmud esa yomon yo’ldan ketibdi. Uning ota-onasi pul topsin deb uni Suriyaga jo’natishibdi. U jang qilaman deb halok bo’libdi. Ota- onasi uni bekor o’qishdan qaytarganini tushunib yetibdi. Qissadan hissa shuki, doim kitob o’qishimiz kerak. Kitobga do’st tutinsak bilimli bo’lamiz.
Mehriniso FARHODOVA,
Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumani
32-son umumta’lim maktabining 5-sinf
o’quvchisi.