Ijodga ilk qadam
   Ijodga ilk qadam

   Ijodga ilk qadam

409 marta ko'rildi

         Mana bir necha oydirki, maktabimizda “Yosh qalamkashlar” va “Yosh jurnalistlar” to’garaklari faoliyat yuritmoqda. To’garak asosan she’riyatga, jurnalistikaga, adabiyotga qiziquvchan yoshlarni o’ziga jalb qilgan. Bundan tashqari aktyorlik mahoratidan ham saboq beriladi. Ushbu to’garaklarga ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchi Sohiba Abdurashidova  rahbarlik qiladi. Men esa ustozimizga yaqindan yordam beraman. To’garagimizda ayni vaqtda 43 nafar o’quvchi she’riyat va jurnalistikadan boshlang’ich saboq olishmoqda. Kuni kecha “Xorazm ma’rifati” gazetasida Nurbek Egamberganov, To’xtajon Ermetova va mening ilk ijod namunalarim nashr qilidi. Bundan nafaqat men balki, oila a’zolarim, ustozlarim, tengdoshlarim  ham juda xursand bo’ldilar.

Bizlarning nutq madaniyatimizni oshirish maqsadida mutolaa saboqlari ham beriladi. Prezidentimiz ham yurtimizda mutolaa madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Tumanda ancha yillardan buyon faoliyat yuritayotgan “Gurlan hayoti” tahririyatiga  maktabning “IQTIDORLI YOSHLAR” klubi doirasidagi to’garak a’zolari  tashrif buyurishdi. Gazeta muharriri Farhod Abdullayev o’quvchilar bilan qiziqarli suhbatlar o’tkazib o’z maslahatlarini berib o’tdi.

Sohiba ustoz ijodga ilk qadamlarimni tashlashda yordamini ayamadi. Hayotimizning eng sermazmun damlarini bilim olishga sarflashda qo’lidan kelgancha harakat qilmoqda, biz ustozimizdan minnatdormiz.

Nilufar OLIMBOYEVA,

Gurlan tumanidagi 4-umumiy o’rta ta’lim maktabining 7-sinf

o’quvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan