Insoniyat qadim-qadimdan buyon jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashishga intilib keladi. Chunki, unga qarshi kuch ishlatilsa, zoʻravonlik vositasida kurash olib borilsa, jaholat avvalgidan battarroq kuchayib ketishi mumkin. Jaholatga qarshi maʼrifat usuli hozirgi davrda, insoniyat taraqqiyoti borasida juda ilgarilab ketgan. Buning sababi shundaki , eng kuchli ommaviy qirgʻin qurollari ishlab chiqarilgan , butun dunyoni bir necha marta yoʻq qilib yuborishga qodir yadroviy bombalar zaxirasi mavjud paytda oʻzaro zoʻravonlik va jaholatga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.
Bugun yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ular ongiga xalqimiz ardoqlab kelayotgan ezgu fazilatlarini singdirish borasida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida qator tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Maktabimizda ana shunday tadbirlardan biri boʻlib oʻtdi va unda yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar.
“Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida oʻtkazilgan davra suhbatida yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha taʼlim muassasalarida turli huquqbuzarlik, qonunbuzarlik, giyohvandlik va boshqa salbiy hodisalarning oldini olish, maktab oʻquvchilarining ijodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish orqali ularda yot gʻoyalarga nisbatan immunitetni mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur uchrashuvlar yoshlarni ilm-fan saboqlarini oʻrganishga kasb-hunar egallashga daʼvat etish bilan birga kelajakda yurtimizning munosib farzandlari boʻlib voyaga yetishishga undaydi.
Davra suhbati qiziqarli savol-javoblar tarzida oʻtganligi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Toʻxtajon ERMETOVA
Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 4-umumiy oʻrta taʼlim
maktabining 7-sinf oʻquvchisi.