Bilim kaliti-boshlang’ich ta’lim
Bilim kaliti-boshlang’ich ta’lim

Bilim kaliti-boshlang’ich ta’lim

852 marta ko'rildi

Boshlang’ich sinfdan boshlab, jajji o’quvchilarimizning ilk tasavvurlari, bilimlari, ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi qo’yingki, poydevoriga ilk tamal toshi qo’yiladi.Hozirgi kunda boshlang’ich ta’lim fanlariga alohida e’tibor qaratilyotgani bejiz emas, chunki 1-4 sinf o’quvchilaridagi boshlang’ich saboq, matonat, qat’iyat, jasorat, ona vatanga muhabbat tuyg’ulari, komil inson bo’lish uchun zaruriy barcha bilim, ta’lim-tarbiya ana shu ilk davonda shakllanib boradi. Bunga misol sifatida fanlar ichida ulug’lanib, aynan o’quv yilining  ilk oyi- “Sentyabr- boshlang’ich ta’lim fan oyligi bilan boshlanishi misol bo’la oladi.

Maktabga ilk qadam qo’ygan 1-sinf o’quvchilaridan boshlab, 4-sinf o’quvchilarigacha hamma faollik, ahillik bilan qatnashishlari fan oyligini namunali o’tkazish uchun o’z hissalarini qo’shishlarida namoyon bo’ladi.

Bizning Xiva shahridagi 1-umumta’lim maktabida “Yangi O’zbekistonda el aziz,inson aziz!” shiori ostida 2022-2023 o’quv yilining sentyabr oyi “Boshlang’ich ta’lim fan oyligi samarali yakunlandi. Maktabni fan oyligiga mos holda bezatish, ko’rgazmalar tashkil etish, shuning bilan birga fan oyligining ochilishiga bag’ishlab seminarlar o’tkazish kabi ishlarni amalga oshirdik. Dastlab fan oyligi doirasida qilinadigan ishlarni fan o’qituvchilari  va sinf rahbarlari bilan taqsimlab oldik. O’quvchilarni DTS va o’quv dasturi bo’yicha o’zlashtirishi lozim bo’lgan malaka monitoringgi olib borish ishlarini hamda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar mahoratini namoyish etish, ona tili va o’qish savodxonligi bo’yicha  ijodiy ishlar tanlovlariga  barchamiz mas’ul bolib hamjihatlikda ish olib bordik.

“Chiroyli yoz-yozsang xat” husnixat tanlovi, o’quvchilarda xat yozish ko’nikmasini aniqlovchi “Do’stimga xat” tanlovlari o’quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi. 2-4 sinflar kesmida g’oliblar aniqlandi va ular maktab ma’muriyatining faxriy yorliqlari bilan mukofotlandilar.

“Do’stimga xat” tanlovida 2-“A” sinf o’quvchisi yakka tartibda ta’lim-tarbiya olayotgan o’quvchimizning yozgan xati alohida e’tiborni tortdi. Diyorbek do’stlik yosh tanlamaydi deb o’ylashini va do’stlari qatoriga Hurmatli Yurtboshimizni ham do’stlari qatoriga qo’shgani alohida e’tiborimizni tortdi.  Kichkina bolakayning do’stligi xatda juda chiroyli tasvirlab berilgandi. Biz Diyorbekni ham 2-sinflar o’rtasida g’olib deb topib  , maktab ma’muriyatining faxriy yorliqi bilan taqdirladik. Fan oyligida ayniqsa 2-“A” sinf o’quvchilari juda faol qatnashdilar, Soliha Egamova, 2-“A” o’tkazilgan “Kitob-mening do’stimsan”tadbiri va tadbir so’ngida “Yosh kitobxon” bellashuvida shartlarni a’lo darajada bajarib 1-o’rinni qo’lga kiritdi. Shuningdek Usmonjon Rahimov ham faol qatnashdi.

Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotghan aniq fanlar, tabiiy va amaliy fanlar bo’yicha ham reja asosida tanlov tadbirlari o’tkazildi. Ayniqsa kuz fasliga doir bo’lgan “Oltin kuz”,”Kuz fantaziyasi”,”Kuz ne’matlari”, “Kuzning sehrli kitobi” kabi tanlovlar shular jumlasidandir.

O’qituvchilarimizdan G.Jumaniyozova ,G.Matkarimova, A.Abdullayeva, Sh.Ibragimova, SH.Rahimova G.Rahimova ,SH.Jumaniyozova,Sh,Sobirovalar fan oyligida  faol bo’lishdi.

“Otam,onam va kitobxon oila” tanlovida 2-“A” sinf o’quvchisi Soliha Egamova va Sunnatbek Aliyevlar oilasi g’olib bo’ldilar. Maktab ma’muriyatining faxriy yorliqlari bilan mukofotlandilar. Fan oyligi yakunida faol qatnashgan o’quvchilar,o’qituvchilar rag’batlantirildi.

Anaposhsha SULTONOVA,

Xiva shahridagi 1-umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi,metodbirlashma rahbari.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan