Joziba xabarlari
Joziba xabarlari

Joziba xabarlari

477 marta ko'rildi

          Yangi 2023 yilni Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan alohida eʼtibor bilan «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili» deb nomlanishining oʼzi kelayotgan yilning rejalarini belgilab olishga asos boʼladi. Oʼtgan 2022 yil Shovot tumanidagi 46- umumiy oʼrta taʼlim maktabida oʼzining chuqur izini qoldirdi. Har bir fan oyliklari, bayramlar, uchrashuvlar nihoyatda qiziqarli oʼtkazildi.

***

Maktabda 2022- yilni o’quvchilar va ustozlar katta muvaffaqiyatlar bilan kutib oldillar. Qay bir sinfda yangi yil bayrami, qay birida tarbiyaviy soatlarning bayramga bag’ishlangan qiziqarli daqiqalari, she’rxonlik, raqs, sport borasidagi turli tadbirlar qiziqarli o’kazildi. Maktab ijodkorlarining «Yog’du» to’garagi a’zolari ham bu yilni o’ziga hos va mos tarzda kutib oldilar. Respublika va viloyat matbuotlaridagi chiqishlari, yangi yozgan ijod mahsullari ularni ruhlantirdi. «Smile » jurnali tomonidan berilgan tashakkurnoma va sertifikatlarni kechagina qo’liga olgan Marjona Yo’ldoshyeva, Barchinoy Baxtiyarovalarning shodligi cheksiz. To’garakning faol a’zolaridan Mohinur Norxonova «Vatan taraqqiyotiga mening hissam» tuman tanlovida ishtirok etib g’oliblar safida e’tirof etiilib, 3-o’rin sohibasi bo’ldi. Insholar tanlovida ham o’quvchilarimiz yuqori o’rinlarni ishg’ol qildilar. Maktab sportchilarini esa respublika, viloyat miqiyosidagi g’alabalari anchagina, doimo e’tirof etib kelinmoqda.  Demak, maktabimizda, mahallamizda, o’lkamizda bayram shukuhi davom etmoqda. Yangi yil har birimizga aziz va qutlug’ bo’lsin!

***

   Maktabda bodhlang’ich  sinf oq’ituvchisi Sabohat Bayjanova tayyorlagan «Savodxonlik bayrami» yangi yil bayramiga  ulanib ketdi. O’quvchilar qiziqishini oshirgan holda bilim va ta’lim ijodkorligini namoyish qilib, maktab bo’yicha»Yilning eng yaxshi tadbiri» deb baholandi. Bu kabi ishlar Yangi 2023- yilda yana davom etadi. Maktabning «Yog’du» to’garagi a’zolari yangi kitoblarini chop ettiridh uchun izlanmoqdalar. Demak, yangi yil albatta ulkan yutuqlar bilan qarshi olish barobarida yil davomida yangi, quvonchi voqeliklarga, muvaffaqiyatlarga erishamiz.  Shunda mamlakatimiz bizdan kutgan maqsadlarga ega bo’lgan, sifatli ta’limga va bilimli farzanglarga keng imkoniyatlar eshigi ochilaveradi.

          Joziba – Shukurjon    Jabbarova,

O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, Xalqaro Turon Fanlar Akademiyasi akademigi, Shovot tumanidagi 46-umumiy o’rta ta’lim maktabining ijodiy -madaniy ishlar bo’yicha targ’ibotchi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan